wrapper

Yangiliklar

Shanba, 11 Fevral 2017 00:00

Ko‘ngil oynasida barhayot siymo

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti va Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi tashabbusi bilan universitet “Talabalar turar joyi”da Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab “Ko‘ngil oynasida barhayot siymo” nomli madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir “Navoiy biz bilan” aksiyasi bilan boshlandi. Bunda “Talabalar turar joyi”da maxsus Alisher Navoiy surati tushirilgan va ruboiylari bayon etilgan plannerlar tarqatildi.

Dastlab sahnada Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishi talabalari J.Abdullajonov va P.Marupovalar tomonidan Alisher Navoiy va Guli siymosi gavdalantirilgan kompozitsiya namoyish etildi.
Shundan so‘ng Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi dotsenti, t.f.n. Z.Xaydarov “Navoiyning dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi” haqida ma'ruza qildi.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi o‘qituvchisi M.Sodirjonov “Navoiy asarlarida hazil-mutoiba” mavzusida mulohaza yuritib, mavzuga oid g‘azal va ruboiylaridan namunalar keltirdi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi o‘qituvchisi B.Inatullaev o‘z qalamiga mansub A.Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan “Navoiyga ta'zim” she'rini o‘qib berdi.
Shundan so‘ng Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishi talabasi M.Toshkenboeva tomonidan Navoiy g‘azali bilan aytiladigan “Deyin”, “Munojot”, “Ey sabo” qo‘shiqlarini jonli ijro etildi. Tadbir davomida musobaqa ko‘rinishida tashkil etilgan o‘yinda talabalar Navoiy qalamiga mansub asarlarni badiiy o‘qish hamda qo‘shiq tarzida ijro etdilar.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani N.B.Dexkanov

O'qilgan: 439 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.