wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 23 Fevral 2017 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida fakultetning sobiq bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi

Joylashtirdi: 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida 2017 yil 21 fevral kuni Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda fakultetning tarix yo‘nalishini sobiq bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda fakultet professor-o‘qituvchilaridan s.f.d., prof. T.Fayzullayev, t.f.d., prof. A.Rasulov, t.f.n., dots. N.Dexkanov, t.f.n., dots. R.Soliyev, t.f.n. S.Boltaboyev, t.f.n. T.Qozoqov, t.f.n. N.G‘ofurov, t.f.n. B.Mallabayevlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi rahbari A.Rasulov ochdi va olib bordi. Samimiy tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda so‘z olgan T.Fayzullayev, N.Dexkanov va N.G‘ofurovlar tomonidan fakultetning tarixi, ayni paytda bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash masalasi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari, bugungi kunda fakultetning o‘quv, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida sobiq bitiruvchilar mazkur tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar va kelgusida samarali hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldilar. 

Fakultet dekani N.Dexkanov

O'qilgan: 169 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.