wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 09 Mart 2017 00:00

Hamkorlikda “Jajji yulduzlar-2017” tanlovi o‘tkazildi.

Joylashtirdi: 

 Mamlakatimizda yosh iste'dod sohiblarini tanlab olish va ularni iste'dodlarini rivojlantirishda maktabdan tashkari ta'lim muassasalarining o‘rni beqiyos. Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi hamda Namangan shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi bilan hamkorlikdailk bor o‘tkazilgan “Jajji yulduzlar-2017” tanlovi ham o‘quvchi qizlarni ijtimoiy hayotda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashishi shubxasiz. Tanlov dastlab Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta'lim yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan ayolni ulug‘lovchi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi bilan boshlandi. Tanlovda markaz to‘garak a'zolaridan iborat o‘quvchi qizlar 4 ta shart bo‘yicha o‘zlarining bilim, mahoratlari va iste'dodlarini namoyish qilishdi. Tadbir davomida NamDU talabasi B.Usmonova tomonidan aytilgan diltorlar qo‘shiqlar barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirni tayyorlashda markaz direktori, G.Sayfiddinova, ma'naviy-ma'rifiy ishlar tashkilotchisi U. Inamov, Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi dotsenti, t.f.n. Z. Haydarov, o‘qituvchilar B. Inatullayev, M. Sodirjonovlar jonbozlik ko‘rsatishdi.

 

B. Inatullayev

Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi o‘qituvchisi 

O'qilgan: 83 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.