wrapper

Yangiliklar

Shanba, 11 Mart 2017 00:00

Bu dunyoning ibtidosi o‘zingsan, ayol!

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi, Nodira nomli Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida 7-mart kuni Nodira nomli Namangan viloyat axborot-kutubxona markazida “Bu dunyoning ibtidosi o‘zingsan, ayol!” deb nomlangan madaniy ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi o‘qituvchilari B.Inatullayev, M.Sodirjonovlar olib borgan mazkur tadbir dastlab sahnada Odam ato va Momo havo timsolida dunyoning yaralishi teatrlashtirilgan holda namoyish etilishi bilan boshlandi.  Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi mudiri, t.f.n. O. Topildiyev kirish so‘zi bilan boshlab, barcha ayollar, talaba qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutladi.

Shundan so‘ng To‘maris, Uvaysiy, Nodira, Zulfiya timsolida o‘zbek xalqining muqaddas  va mo‘tabar ayollari sahnada gavdalandi.

E'zozlar, ardoqlar uchun tashakkur,

Siz mening oftobim, men ziyosiman,

Tonglaringiz kulsin dorilomon hur,

Bahtim shul - o‘zbekning Zulfiyasiman!

Sahnada Zulfiya nomidan aytilgan bu nidolar dunyoning barcha ayollariga nasib etmagan baxtiyorlik,  har bir o‘zbek qizini dilida hayotga muhabbat uchun ilhom uchqunlarini  hosil etdi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishi talabalari M.Toshkenboyeva, B.Usmonovalar tomonidan Yong‘in Mirzo she'ri bilan aytilgan “Onam derman”, Hamid Olimjon she'ri bilan aytilgan “O‘rik guli”  qo‘shiqlari, Yu. Qayumov, A. To‘rayevlar tomonidan aytilgan ayolni ulug‘lovchi manologlar tadbir ishtirokchilarida katta  ta'surot qoldirdi.

            P. Ma'rupova, M.Fayzullayeva, U. Jo‘rayeva, B.Usmonova, , M. Axmadaliyevalar ijro etgan dilbar raqslar davraga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

            Tadbir so‘ngida hamkorlikdagi faoliyat uchun Nodira nomli Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi direktori M. Jo‘raboyeva minnatdorchilik bildirdi

 

B. Inatullayev

Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi o‘qituvchisi

O'qilgan: 165 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.