wrapper

Yangiliklar

Shanba, 18 Mart 2017 00:00

“Sarbaland siymolarning sohir saboqlari”dan saboq oling

Joylashtirdi: 

Namangan viloyat Ma’naviyat va ma’rifat hududiy kengashi targ‘ibot guruhining rahbari, Namangan davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Baxtiyor Robiddinovich Isoqovning “Sarbaland siymolarning sohir saboqlari” nomli ISBN 978-9943-4671-8-7 raqam bilan UO‘K:821-512-133-9 KBK 84(5O‘zb)7 I-4 belgi asosida ilmiy-ommabop kitobi (qo‘llanmasi) nashrdan chiqdi. 

Ushbu kitobda ma’naviy jasorat sohiblari, ulug‘ ajdodlarimiz: Asiruddin Axsikatiy hamda Jaloliddin Rumiy, Sohibqiron Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Akbarshoh, Behbudiy, Avloniy, Ibrat, Fitrat, Cho‘lpon kabi bobolarimizning bugungi avlodlariga qoldirgan bebaho ma’naviy-ma’rifiy merosi haqida muhim va ayni foydali mulohazalar keltirilgan.

Mazkur kitob (qo‘llanma) korxona, tashkilotlar, muassasalarda, o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlari va shu yo‘nalishdagi jarayonlarda foydalanishga mo‘ljallangan.

“Namangan” nashriyoti grifi asosidagi bu kitobga sotsiologiya fanlari nomzodi A.Abdulazizov mas’ul muharrir etib belgilangan.

“Sarbaland siymolarning sohir saboqlari”dan saboq oling.

Saidakbar MUTALOV,
NamDU magistranti.

O'qilgan: 96 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.