wrapper

Yangiliklar

Shanba, 18 Mart 2017 00:00

Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish mexanizmlari

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi hamda Namangan tibbiyot kolleji hamkorligida “Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish mexanizmlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningni Namangan tibbiyot kollejining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari L. Sharipova kirish so‘zi bilan ochib, ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik ta'lim sifatini ortishiga hizmat qilishini alohida ta'kidladi. 

Seminar-trening Namangan tibbiyot kollejining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.To‘xtaboyeva, F.Raxmatovalarning “Jamiyatda ma'naviy va iqtisodiy tafakkur uyg‘unligi” hamda “Yoshlar tafakkurida mafkuraviy kurashuvchanlikni shakllantirish masalasi” mavzularidagi ilmiy maqolalari muhokamasi bilan boshlandi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi o‘qituvchisi B.Inatullayev “Kasb-hunar kollejlarida madaniy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodologiyasi” mavzusida trening o‘tkazib, guruh rahbarlari uchun lozim bo‘lgan metodik tavsiyalarni berdi.

Shundan so‘ng Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi o‘qituvchisi  M.Sodirjonov “O‘qitishning interfaol usullari va ko‘nikmalari” mavzusida trening o‘tkazdi. Unda an'anaviy ta'lim va interfaol ta'lim o‘rtasidagi farqlar, interfaol o‘qitish jarayonida nimalarga amal qilish lozimligi, interfaol o‘qitishning samarali usullari aniq misollar bilan tahlil qilib berdi.

Tadbirni tashkil etishda Namangan tibbiyot kollejining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari N.To‘xtaboyeva, F.Raxmatovalar alohida jonbozlik ko‘rsatishdi.

M.Sodirjonov
Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi o‘qituvchisi

O'qilgan: 101 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.