wrapper

Yangiliklar

Shanba, 18 Mart 2017 00:00

Yangi darslik – yangi bilim 

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti “Ijtimoiy madaniy faoliyat” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Zahiriddinbobur Haydarovning “Ijtimoiy-madaniy faoliyat tarixi, nazariyasi va uslubiyati” nomli ISBN 978-9943-04-301-5 raqam bilan UO‘K:316.61 KBK: 71.04 U-26 belgi asosidagi hammualliflik darsligi nashrdan chiqdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan universitetlarning 5610400 – Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha darslik sifatida tavsiya etilgan.

Ushbu darslikda xalq madaniyati, ma’rifati va ma’naviyatini shakllantirish hamda yuksaltirishda muhim omil hisoblangan ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlari ilmiy-nazariy jihatdan talqin etiladi. Jumladan, qadim moziyga ega yurtimizda kechgan ijmoiy-madaniy faoliyatning tarixiy bosqichlari, faoliyatning nazariy asoslari, amalga oshiriladigan ko‘plab sohalari mamlakatimizdagi mavjud holat misolida keng va atroflicha yoritilgan.

Mazkur darslik respublikamiz oliy o‘quv yurtlarining tegishli yo‘nalishlarida ta’lim-tarbiya beruvchi fakultetlari talabalariga, malaka oshirish kurslari tinglovchilariga, shuningdek, pedagog murabbiylar, ijtimoiy-madaniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi amaliyotchi mutaxassislarga mo‘ljallangan.

Darslik M.Bekmurodov, A.Umarov va U.Qoraboyevlar bilan hammualliflikda tayyorlangan bo‘lib, unga O‘zDSMI dotsenti A.Haydarov mas’ul muharrir etib belgilangan.

Saidakbar MUTALOV,
NamDU magistranti.

O'qilgan: 230 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.