wrapper

Yangiliklar

Shanba, 18 Mart 2017 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Navro‘z” bayrami munosabati bilan Namangan shahrida yashovchi keksalardan xabar olindi

Joylashtirdi: 

2017 yil 17 mart kuni Namangan davlat universiteti tashabbusi asosida Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tomonidan Namangan shahri Gulshan MFY 4-Onorzor ko‘chasi, 1-oraliq, 12-uyda yashovchi Fayziyeva Ma'suma onaning xolidan xabar olinishi tashkil etildi. Tarix yo‘nalishining faol va jamoatchi talabalaridan B.Nabiyev, R.To‘xtaboyev va G‘.Turdimatovlar shu kuni onaxonni xonadoniga tashrif buyurib, moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatishdi, uy-ro‘zg‘or uchun zarur mahsulotlar taqdim etildi. Shuningdek, talabalar universitet va fakultet rahbariyati nomidan M.Fayziyevani yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z”  bayrami bilan tabriklashdi. Shu bilan birga onaxonning hovlisida mavjud ishlarga yordam berishdi va onaxonni duosini olishdi.

Bundan tashqari shu kuni fakultetning Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo‘nalishi 4-bosqich talabalaridan bir guruhi Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi mudiri B.Talapov hamda kafedra katta o‘qituvchisi, fakultet dekanining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Abdullayevlar rahbarligida kafedraning sobiq dotsenti, mehnat fahriysi, f.f.n. A.Xusainovning xonadoniga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ustoz A.Xusainovni “Navro‘z” bayrami munosabati bilan fakultet mehnat jamoasi nomidan tabriklandi hamda samimiy suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida A.Xusainov ham talabalarga bugungi kunda bilim olish, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish to‘g‘risida o‘z maslahat va tavsiyalarini berishdi.

Shuningdek, fakultetda faoliyat olib borgan mehnat fahriylaridan A.Abdurahmonov, M.Hojimirzayev, A.Pozilov, S.Norqo‘ziyev, S.Yulchiboyevlarning ham honadonlariga tashriflar tashkil etildi va ularga bayram munosabati bilan tabriknoma va sovg‘alar berildi hamda hurmat ehtirom ko‘rsatildi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani N.Dexkanov

O'qilgan: 259 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.