wrapper

Yangiliklar

Shanba, 18 Mart 2017 00:00

Namangan davlat universitetida “Quvnoq startlar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universitetida joriy yilning 17 mart kuni “Farzandlari sog‘lom yurt – qudratli bo‘lur” shiori ostida “Quvnoq startlar” musobaqasining Final bosqichi o‘tkazildi.

Final bosqichida Tabiiy fanlar fakultetining “Lochin”, Pedagogika fakultetining “Umid” hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining “Parvoz” jamoalaridan 10 nafardan talaba yigit qizlar bellashdilar. “Quvnoq startlar” musobaqasining dasturiga ko‘ra jamolar 7 ta shart bo‘yicha bellashdilar. 

Barcha shartlar bo‘yicha chaqqonligi, epchilligi bilan Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining “Parvoz” jamoasi 66 ball bilan musobaqaning faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Tabiiy fanlar fakultetining “Lochin” jamoasi 54 ball bilan 2-o‘rinni egallashdi. Pedagogika fakultetining “Umid” jamoasiga esa 44 ball bilan 3-o‘rin nasib etdi. Musobaqa nihoyasida universitet prorektori K.Boymirzayev tomonidan ishtirokchilarga diplom hamda medallar topshirildi. Tadbirda fakultet dekanlari, guruh murabbiylari  va talabalar ishtirok etishdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani N.Dexkanov

O'qilgan: 306 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.