wrapper

Yangiliklar

Shanba, 25 Mart 2017 00:00

Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Xush kelding Navro‘zi olam!” shiori ostida bayram o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 23 mart kuni Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Xush kelding Navro‘zi olam!” nomli bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori A.V.Umarov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetda bir necha yillar ishlagan mehnat fahriylari, hamkor tashkilotlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Bayram dasturini universitet rektori A.V.Umarov va fakultet dekani N.B.Dexkanovlar tabrik so‘zi bilan ochib berishdi.  

A.V.Umarov o‘z so‘zida fakultet jamoasini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatiga omad tiladi. So‘ngra N.B.Dexkanov ham so‘z olib, professor-o‘qituvchilar va talabalarni bayram bilan tabriklab, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari jamoasi tomonidan qo‘lga kiritilayotgan qator yutuqlar bilan tanishtirdi. 

So‘ngra universitet rektori A.V.Umarov va universitet Fahriylar kengashi raisi T.Fayzullayevlar fakultetda faoliyat olib borgan fahriylarga tabriknomalar taqdim etishdi.

Tadbirda “Nihol” davlat mukofoti sovrindori, xushovoz xonanda Bekzod Bahromov ham ishtirok etib, o‘z qo‘shiqlari bilan bayram ishtirokchilarini xursand etdi.

 

 

Tadbirning talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy dasturi namoyish qilindi. Unda Xorazm viloyati urf-odatlari va an'analarini o‘z ichiga olgan raqslar va qo‘shiqlar ijro etildi.

 

 

 

 

Tadbir yakunida universitet rektori A.V.Umarov tadbir yuqori saviyada tashkil etilganini ta'kidlab, tadbirda faol ishtirok etgan ishtirokchilarni, a'lo o‘qishi va namunali hulqi bilan o‘rnak bo‘layotgan talabalarni va turli nominatsiya g‘oliblarini diplom bilan taqdirladi. Mazkur tadbir barcha mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. 

Fakultet dekani N.B.Dexkanov

O'qilgan: 139 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.