wrapper

Yangiliklar

Juma, 31 Mart 2017 00:00

Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Voyaga yetmaganlar huquqlari muhofazasi asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 30 mart kuni Ijtimoiy – iqtisodiy fakultetida hamkor tashkilotlar bilan “Voyaga yetmaganlar huquqlari muhofazasi asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i U.Jamalov, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi A.Mamatov, Yangiqo’rg‘on tuman IIB xodimi B.Chuboyeva, falsafa fanlari nomzodi, dotsent D.Raximboyeva, katta o‘qituvchi O.Chuboyeva va fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbatini fakultet dekani N.Dexkanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bugungi davra suhbati mavzusi hamda uning ayni paytdagi ahamiyati to‘g‘risida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng mehmonlarni tanishtirish uchun so‘z katta o‘qituvchi O.Chuboyevaga berildi. O.Chuboyeva mehmonlarni tanishtirdi va “Voyaga yetmaganlar huquqlarini muhofaza qiluvchi me'yorlar” mavzusida ma'ruza uchun so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i U.Jamalovga berdi. 

So‘ngra “Yoshlarga oida davlat siyosati asoslari” to‘g‘risidagi qonun yangi tahririning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi A.Mamatov talabalarga ma'lumot berib o‘tdi.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB xodimi B.Chuboyeva esa voyaga yetmaganlar bilan ishlash amaliyoti to‘g‘risida fikrlar bildirdi va talabalarni kelgusida voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida qanday jihatlarga e'tibor berishi lozimligi bo‘yicha tavsiyalar bildirdi.

Fakultet dotsenti D.Raximboyeva voyaga yetmaganlar bilan ishlashning etik, falsafiy masalalari haqida ma'ruza qildi.

Davra suhbati savol-javob tarzida olib borildi va talabalarda katta taassurot qoldirdi. 

Fakultet dekani N.Dexkanov, katta o‘qituvchi O.Chuboyeva

O'qilgan: 319 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.