wrapper

Yangiliklar

Juma, 31 Mart 2017 00:00

Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida aksiya tashkil etildi

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning 289 va 292-bandlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 4 martdagi 125-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha Namangan davlat universitetida har oyning oxirgi juma kuni - “Salomatlik kuni” deb elon qilingan.

2017 yil 31 mart kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Salomatlik kuni” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida tamaki mahsulotlarini chekishga qarshi “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” nomli aksiya o‘tkazildi. Aksiyani fakultet dekani N.Dexkanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. N.G‘ofurov va B.Mallabayevlar ham so‘zga chiqib, aksiya ishtirokchilariga tamaki mahsulotlarini chekish, uning og‘ir oqibatlari haqida fikr-mulohazalar yuritishdi. Fakultetning faol talabalari tomonidan tayyorlangan aksiya belgisi va suratlar aksiya ishtirokchilari va talabalarga taqdim etildi.

So‘ngra fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan “Sog‘lom turmush tarzi” nomli videorolik namoyish etildi. Aksiya davomida talabalardan A.Akbarov, J.Niyazov, A.Nosirjonovlar ham so‘z olib, yoshlar o‘rtasida bunday illatga qarshi kurashish lozimligi, bo‘sh vaqtni sport turlari bilan shug‘ullanish hamda kitob mutolaasiga bag‘ishlash kerakligini ta'kidlashdi.

Aksiya talabalarda katta tassurot qoldirdi va kelgusida ham turli illatlarga qarshi kurash olib borish bo‘yicha aksiyalarni o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Fakultet dekani N.B.Dexkanov

O'qilgan: 285 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.