wrapper

Yangiliklar

Juma, 07 Aprel 2017 00:00

“Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida aksiya tashkil etildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 7 aprel kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tomonidan Namangan shahar ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogika kollejida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tamaki mahsulotlarini chekishga qarshi “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” nomli aksiya o‘tkazildi. Aksiyani fakultet dekani o‘rinbosari A.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Talabalardan J.Jabboraliyev va B.Kenjayevlar ham so‘zga chiqib, aksiya ishtirokchilariga tamaki mahsulotlarini chekish, uning og‘ir oqibatlari haqida fikr-mulohazalar yuritishdi. Fakultetning faol talabalari tomonidan tayyorlangan aksiya belgisi va suratlar aksiya ishtirokchilari va o‘quvchilarga taqdim etildi.

So‘ngra fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan “Sog‘lom turmush tarzi” nomli videorolik namoyish etildi. Aksiya davomida o‘quvchilar ham so‘z olib, yoshlar o‘rtasida bunday illatga qarshi kurashish lozimligi, bo‘sh vaqtni sport turlari bilan  shug‘ullanish hamda kitob mutolaasiga bag‘ishlash kerakligini ta'kidlashdi.

Aksiya o‘quvchilarda katta tassurot qoldirdi va kelgusida ham turli illatlarga qarshi kurash olib borish bo‘yicha aksiyalarni o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Fakultet dekani N.B.Dexkanov

O'qilgan: 350 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.