wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 10 Aprel 2017 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yini mavsumi boshlandi

Joylashtirdi: 

2017 yil 10 apreldan boshlab Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yinining 2017 yilgi saralash o‘yinlari boshlandi. Dastlab bahsni fakultet dekani N.Dexkanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Fakultetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari R.Imomov va A.Abdullayev, Iqtisodiyot kafedrasi mudiri K.Sirojiddinovlar ham so‘z olib, o‘yinning reglamenti va qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi. Bahs iqtisodiyot yo‘nalishi 1 va 3-kurs talabalari jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda “Biznesmen” va “Menejer” jamoalari ishtirok etishdi. O‘yinning yakuniy natijalariga ko‘ra, iqtisodiyot yo‘nalishi 1-kurs talabalarining “Biznesmen” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va yo‘nalish g‘olibi sifatida yarim finalga bosqichiga yo‘l oldi. 

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yini 3 bosqichda: dastlab yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar kesimida birinchi saralash bosqichi, yo‘nalish g‘oliblari o‘rtasida esa yarim final bosqichi, 3 ta g‘olib jamoa o‘rtasida final o‘yinini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Final bosqichi g‘olibi bo‘lgan jamoaga diplom va esdalik sovg‘alari hamda “Zakovat kubogi” topshirilishi belgilangan.

Intellektual o‘yinining birinchi saralash o‘yinlari taqvimi quyidagicha:

-10 aprel – iqtisodiyot

-11 aprel – IMF

-12 aprel – tarix

-13 aprel – MIG‘

-14 aprel – arxivshunoslik

-15 aprel – o‘zbek tili

 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani N.Dexkanov

 

O'qilgan: 219 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.