wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 13 Aprel 2017 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Barkamol strateg” tanlovi o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 12 aprel kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida ta'lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan “Barkamol strateg” tanlovining final o‘yini tashkil etildi.

  Mazkur tanlovning saralash o‘yinlari 1-5 aprel kunlari ta'lim yo‘nalishlari kesimida tashkil etilgan edi. Tanlovning final o‘yinida tarix yo‘nalishi talabasi K.Sattarov, iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi Sh.Sobitullayev, milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo‘nalishi talabalari M.Habibullayev va M.Hamidovlar ishtirok etishdi.Tanlov 5 shart asosida tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Harakatlar strategiyasi bo‘yicha bilim saviyasi, testlarga javob berish, referat va devoriy gazeta tayyorlash, tayanch iboralar izohi kabi shartlarni bajarishdi.Hakamlar hay'ati qaroriga ko‘ra, tarix yo‘nalishi talabasi K.Sattarov “Tezkor strateg”, iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi Sh.Sobitullayev “Notiq strateg”, milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo‘nalishi talabalari M.Habibullayev “Bilimdon strateg” va M.Hamidov “Barkamol strateg” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lishdi. Ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari R.Imomov, katta o‘qituvchi O.Chuboyeva

O'qilgan: 114 marta So'ngi o'zgartirish: Payshanba, 13 Aprel 2017 10:33

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.