wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 05 Sentyabr 2017 00:00

Mustaqillik - eng oliy ne’mat

Joylashtirdi: 

2016 yilning 5 sentyabr kuni Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasining 26-yilligi munosabati bilan “Tinchlik darslari” tashkil etildi.

Jumladan, Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun o‘tkazilgan mazkur o‘quv mashg‘ulotiga Namangan muhandislik tuxnologiya instituti dotsenti  iqtisodiyot fanlari nomzodi Ahmedov A’zam Yunusovich taklif etildi. Iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari T.Mamajonova, F.Murodxo‘jayeva va D.Boymirzauvlar ishtirok etishdi. “Tinchlik darsi”ni Iqtisodiyot kafedrasi mudiri i.f.n. K.Sirojiddinov ochib berdi va olib bordi. K.Sirojiddinov dastlab bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qo‘lamli islohotlar yuzasidan qisqacha talabalarga ma’lumot berdi. So‘ngra so‘z A.Ahmedovga berildi. Dotsent A.Ahmedov O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida asosiy e’tibor iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish jarayonlari, ayni paytda tinchlik va xavfsizlikni saqlash borasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi pozitsiyasi, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilliginig yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqidagi ma’lumotlarga qaratildi. Ma’ruza fakt va misollar orqali olib borildi. Ma’ruza davomida talabalar ustozga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

So‘ngra A.Ahmedvga tashrif uchun minnatdorchilik bildirildi va O‘zbekiston Mustaqilligining 26-yilligi bilan fakultet mehnat jamoasi nomidan tabriklandi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani - tarix fanlari nomzodi, dotsent. Dexkanov Narimon Burxonjonovich

O'qilgan: 119 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 05 Sentyabr 2017 11:19

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.