wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 21 Sentyabr 2017 00:00

Yoshlar yetakchisi saylanmoqda

Joylashtirdi: 

Yetakchi – rahbar emas, boshliq ham emas, balki o‘zining tashabbusi va faolligi bilan yoshlarni ezgu maqsadlar sari yetaklay oladigan, har qanday holatda ham ular bilan yelkama-yelka turib, muddao-yu muammolarini ijobiy hal etadigan, taklif va istaklarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirishga yo‘l topa oladigan yaqin do‘st va hamjihat yo‘lboshchi bo‘lishi lozim. Ana shunday qarash, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchiligiga ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturiga singib ketgan.O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017-yil 22-avgustdagi 87-01-335-sonli qo‘shma qaroriga muvofiq Namangan davlat universitetida ham yoshlar yetakchisi saylovi o‘tkazilmoqda.21 sentabr soat 8:00 dan boshlab universitetning asosiy o‘quv binosida saylovga tashrif buyurgan talabalar, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdilar.Aytib o‘tish lozim, saylov tartibiga ko‘ra universitetda yetakchi bo‘lish istagidagi 3 nafar nomzodlar, bugunga qadar o‘z saylovoldi dasturlari bilan fakultetlar kesimida targ‘ibot ishlarini olib borishgan. Shuningdek, saylov komissiyasi ish tartibi ham namunali tarzda tashkil etilgan bo‘lib, nomzodlar Azizbek Abdulhayev, Saidakbar Mutalov hamda Azamat To‘raboyevlarning ishonchli vakillari tomonidan ovoz berish jarayonlarining shaffofligi nazorat qilib borildi. Saylov jarayonlariga nafaqat talabalar tomonidan, balki universitet professor-o‘qituvchilari ham katta qizish bilan munosabat bildirilgan holda nomzodlarni qo‘llab-quvvatladilar.Saylov ishlari davom etmoqda, kuzatib boring.
Shohruh MAMADALIYEV,
Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi.

O'qilgan: 5430 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 22 Sentyabr 2017 13:29

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.