wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 05 Oktyabr 2017 00:00

“Ko‘ngilga yo‘l” kitobining taqdimot marosimi

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi Namangan davlat universiteti bilan ijodiy hamkorlik asosida adabiy-badiiy uchrashuvlar tashkil etish, an'ana tusiga kirgan.

Joriy yilning 5 oktyabr kuni universitetning majlislar zalida Namangan adabiy muhitining yirik vakili, shoir Abdulla Jalilning “Ko‘ngilga yo‘l” nomli 3-jild saylanma kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolaridan shoir Jamoliddin Muslim, yozuvchi Boqiy Mirzo, taniqli ijodkor Sodiq Sayxun va universitetning  professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda bir guruh adabiyot ixlosmandari jam bo‘ldilar.Dastavval universitet rektori A.Umarov so‘z olib, uchrashuv ishtirokchilarini Namangan adabiy muhiti xazinasi yana bir ijodiy asar bilan boyigani bilan qizg‘in qutlagan holda, “Ko‘ngilga yo‘l” saylanmasi har bir adabiyot ixlosmandlari va keng kitobxonlar ommasi uchun badiiy lazzat va estetik zavq olish uchun muhim vosita ekanligini aytib o‘tdi.Taqdimot davomida shoirning ijodiy faoliyati va asar xususida ko‘plab fikr-mulohazalar bildirilib, kitobda aks etgan she'rlarni omma e'tiboriga havola etilishi tadbir ruhini yanada ko‘tarinkiligini ta'minladi. Uchrashuv yakunida, taqdimotning asosiy sababchisi Abdulla Jalilning shaxsiy mulohazalari va yoshlar uchun bildirgan tavsiyalari barcha uchun birdek qiziqarli bo‘ldi. Talabalar tomonidan berilgan savollar ijod ahlining javoblari bilan qanoatlantirildi.
  Bu kabi uchrashuvlar hali davom etadi.
Saidakbar MUTALOV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Namangan davlat universiteti yetakchisi

O'qilgan: 4279 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.