wrapper

Yangiliklar

Juma, 13 Oktyabr 2017 00:00

Universitetda “Xalqaro qizlar kuni” nishonlandi

Joylashtirdi: 

Joriy yilning 11 oktyabr kuni poytaxtimizda boshlangan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining “Qiz bola – bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir” shiori ostida I Respublika qizlar festivalining shukuhi viloyatlarga ham yetib keldi.Jumladan 12 oktyabr sanasida ushbu festivalning mantiqiy davomi sifatida “Xalqaro qizlar kuni” Namangan davlat universitetida keng bayram tarzida nishonlandi. Qizlar festivaliga universitetdagi talaba qizlar va ayol xodilar jalb etilib, ular ishtirokida davra suhbati, milliy urf-odatlarimizni aks ettirgan turli chiqishlar va mushoiralar tashkil etildi.Festivalga tashrif buyurgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashining ma'naviy-ma'rifiy hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas'ul xodimi M.Axralova, talaba-qizlarga qaratilgan yuksak e'tibor va g‘amxo‘rlik – yoshlar siyosatining ustuvor vazifalaridan ekani, kiz bolaga nisbatan davlatimiz tomonidan millat kelajagining davomchisi sifatida doimo e'zoz va ehtirom ko‘rsatilayotganligi, jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni har tomonlama yuqori ekanligi borasidagi fikrlarini bayon etdi.Shuningdek, universitet xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari H.Usmonova hamda universitet psixologi S.Sadievalar ham o‘z taqdimot va mulohazalarini festival ishtirokchilariga havola etishdi. Tadbir yakunida talaba-qizlar va ayol xodimlar o‘zlarining fikrlari va takliflarini bildirgan holda, qiziqqan savollariga mutaxassislarning javoblarini oldilar. O‘z navbatida festival ishtirokchilari universitetda xotin-qizlar faoliyati bilan bog‘liq istiqbolli rejalarni bajarishga kelishib olishdi.

Saidakbar MUTALOV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Namangan davlat universiteti
boshlang‘ich tashkilot yetakchisi

O'qilgan: 3259 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 13 Oktyabr 2017 15:32

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.