wrapper

Yangiliklar

Juma, 27 Oktyabr 2017 00:00

Profilaktika tadbirlari jadal sur'atda!

Joylashtirdi: 

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Namangan davlat universitetining kichik majlislar zalida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish kuni” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i O.Bazarov, Namangan viloyat IIB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament Namangan viloyat boshqarmasi katta inspektori N.Yaxyaev, bojxona boshqarmasi xodimlari, viloyat soliq inspeksiyasi va mudofaa boshqarmasi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda boshqa bir qator huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdilar. Mazkur profilaktika tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 2833-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini jamoatchilik va talabalar ommasiga tushuntirish, mazkur qonun hujjatining ijrosi va uning targ‘ibot ishlari samadorligini oshirish hamda bu boradagi chora-tadbirlar sifatini yuqori bosqichga ko‘tarishdan iborat bo‘ldi. Dastlab Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i  O.Bazarov, viloyatda amalga oshirilayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlar ko‘lamini kengaytirish bilan aholining, xususan yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin kamaytirishga erishish lozimligi xususida gapirib, huquqni muhofaza etuvchi organlar va davlat huquq-tartibot idoralari bilan ijtimoiy hamkorlik va o‘zaro sherikchilik munosabatini keng yo‘lga qo‘yish hamda ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlarni yanada ko‘paytirishga chaqirdi. Yoshlar ittifoqi faollari yordamida talaba yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi targ‘ibot loyihalari, erkin kuzatuvchi sifatida sud jarayonlariga tashrifini uyushtirish, soha xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda targ‘ibot filmlarini namoyish qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Yig‘lishda soha xodimlari bugungi kunda viloyatning barcha tumanlarida huquqbuzarliklar, o‘quvchi va talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar hamda ularning sabablari, mahalla hamda ta'lim muassasalari tomonidan profilaktik ishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, hududlardagi uyushmagan yoshlar, o‘quvchi va talabalarni jinoyat ko‘chasiga kirib qolishlarini oldini olish, turli zararli illatlardan asrab-avaylash,  ularning huquqiy ongini oshirish xususidagi o‘z hisobotlarini taqdim etdilar. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha soha xodimlaridan M.Qirg‘izov, F.Umarova, I.Ismoilov, A.Madumarov, Sh.Rajabov va boshqalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Shuningdek yig‘ilishda Namangan davlat universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboev, universitetda haftaning har payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Axborot va murabbiylik soati” darslarida mazkur yo‘nalishdagi ishlar xususida fikr mulohaza olib borilishi, targ‘ibot tadbirlarini samarali usullaridan foydalanish lozimligi aytib o‘tdi. Profilaktika tadbirlari yil davomida o‘tkazilib boriladi.

Saidakbar MUTALOV,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Namangan davlat universiteti

boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

O'qilgan: 2328 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.