wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 30 Oktyabr 2017 00:00

Ayol – jamiyat ko‘rki, millat g‘ururidir!

Joylashtirdi: 

 Mamlakatimizda qizlarimizning salomatligini asrash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlar egasi bo‘lib voyaga yetishi, o‘z ilm-salohiyati va faolligi bilan vatan ravnaqiga hissa qo‘shishi hamda jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishi uchun keng ko‘lamli chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilib, qator loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish masalasi ta’lim muassasalariga ham alohida mas’uliyat yuklaydi. Shu ma’noda joriy yilning 30 oktyabr kuni Namangan davlat universitetida yosh qizlarda estetik did (kiyinish, odob-axloq va nutq madaniyati)ni oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Namangan viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi va Mahalla jamg‘armasi viloyat boshqaruvi hamkorligidagi mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talaba qizlarning kiyinish uslubi, tashqi ko‘rinishini tartibga solish, bo‘lg‘usi kelin, rafiqa hamda ona bo‘luvchi qizlarning odob-axloqini yanada yuksaltirish, ularga nutq, muomala madaniyatini o‘rgatish, shuningdek, yoshlar orasida nojo‘ya xatti-harakatlar ro‘y berish holatlari hamda milliy madaniyatimizga xos bo‘lmagan kiyimlarni kiyish orqali yuz berayotgan psixologik tanglik va salomatlikdagi salbiy oqibatlarni oldini olishdan iborat. Tadbirda viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining vakillari, Namangan shahar Yaxyoxon To‘ra jome masjidi imom xatibi N.Jamalov, “Men va oilam” jamoat birlashmasi rahbari M.Abduhamidova, oliy toifali vrach M.Xasanova, psixologlar va ommaviy axborot vositasi vakillari hamda universitetning ayol o‘qituvchilari va talaba qizlari jam bo‘ldilar. Davra suhbatiga ekspert sifatida jalb etilganlar, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada yuksaltirish, ta’lim muassasalaridagi qizlar ta’lim-tarbiyasini kuchaytirishning muhim omillari, yosh qizlarning axloq, nutq madaniyati va kiyinish odobi, qizlar salomatligi va kasb etikasi xususidagi fikrlarga artoflicha to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi H.Usmonova, ta’lim muassasasida amalga oshirilgan xotin-qizlar bilan bog‘liq chora-tadbirlar va kelgusi rejalar borasidagi mulohazalarini ham bildirib o‘tdi. Tadbir davomida yig‘ilganlar e’tiboriga mavzuga oid taqdimotlar hamda dizayner-tikuvchilar tomonidan o‘quv formasi uchun tavsiya etilayotgan liboslar namoyishlari havola etildi. O‘zaro savol-javoblar va erkin fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan mazkur tadbir yakunida universitetda xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan bukletlar tarqatildi va ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

Saidakbar MUTALOV,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Namangan davlat universiteti

 

boshlang‘ich tashkilot yetakchisi

O'qilgan: 2294 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.