wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 08 Noyabr 2017 00:00

Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni (mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir)

Joylashtirdi: 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ta'lim muassasalari, mahallalarda, davlat va jamoat tashkilotlarida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.O‘tkazilgan tadbirda Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining Pprofessor-o‘qituvchilari va talabalar davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida dastlab fakultet dekani N.Dexkanov tomonidan Sharof Rashidovning davlat arbobi va ijodkor sifatidagi ko‘p qirrali faoliyati xususida so‘z yuritib, u rahbarlik qilgan yillarda respublikamizda barcha sohalarda ulkan ishlar amalga oshirilgani ta'kidladi. Tadbirda Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi dotsenti Z.Xaydarovning “Sharof Rashidovning O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida tutgan o‘rni” va “Buyuk va barxayot siymo” mavzusida tarix fanlari nomzodi A.Erqo‘zievning ma'ruzalari tinglandi. Shuningdek talabalar tomonidan Sharof Rashidov asarlaridan namunalar o‘qildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha

dekan o‘rinbosari                     M.Sodirjonov

O'qilgan: 88 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.