wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 07 Noyabr 2017 00:00

Talaba yoshlar Prezident nutqini o‘rganishmoqda.

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti professor-o‘qituvchilar tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyatini talabalar o‘rtasida o‘qib-o‘rganish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqini o‘rganish bo‘yicha tayyorlangan namunaviy dastur asosida har bir guruhlarda seminarlar o‘tkazish belgilanib olindi. Tashkil etilgan seminarlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqining videosi namoyish etildi. 

Seminarlarga ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining barcha - 1-4 bosqich bakalavr va 1-2 bosqich magistratura bosqichi talabalarini qamrab olindi.

Shuningdek, “Axborot va murabbiylik” mashg‘ulotlarida Prezidentimiz nutqi aks etgan videolavha namoyish etildi. Nutqda ko‘tarilgan dolzarb masalalar, ularning ahamiyati talaba-yoshlarga aniq misollar, ko‘rgazmali vositalar orqali keng tushuntirildi.

iqtisodiy fakulteti dekani t.f.n., dots. N.Dexkanov tomonidan tarix yo‘nalishining 1-2-bosqich talabalariga seminar tashkil etildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi butun xalqimiz, ayniqsa, ma’ruzada yoshlar maslasini ko‘tarilishi yurtdoshlarimizni to‘lqinlantirib, barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaganini ta’kidladi. 170 dan ortiq masala muhokama etilgan nufuzli xalqaro anjumanda Prezidentimiz jahon hamjamiyati e’tiborini O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar, inson huquqlari, yoshlar masalasi, diniy bag‘rikenglik, tinchlikni asrash, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya sohalarida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qaratdi. Unda yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish faollashgani, xalqaro aloqalar uchun keng erkinlik yaratilgani alohida ta’kidlandi. 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan tamoyillar, shuningdek, yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat - BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish, Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish bo‘yicha bildirgan takliflari barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Seminar davomida  Prezidentimiz nutqining mazmun-mohiyatini talabalar o‘rtasida keng targ‘ib etish bo‘yicha va yana bir bor o‘qib o‘rganishlari ularning oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan seminarning navbatdagisi Iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasidla tashkil etildi. Seminar Iqtisodiyot kafedrasi mudiri i.f.n. K.Sirojiddinov tomonidan tashkil etilgan seminarda kafedra  professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar qatnashdi. K.Sirojiddinov, Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-sessiyasidagi nutqi dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki davlatimiz rahbari o‘ta qisqa vaqt davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyatini dunyo ahliga tanishtira oldi. 

Darhaqiqat, mamlakatimiz bugungi kunda Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo‘lida keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. Mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida yechimini kutgan masalalar hal etilyapti. Suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda. Chunki mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan to‘g‘ri foydalanish Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning 

Shuningdek, nutqda shu yilning noyabr oyida Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro anjumanni o‘tkazishdan maqsad o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgani qayd etildi.

Ushbu anjuman yakunida BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi kiritilishi rejalashtirilgan. Tashkilot rahbariyati va xalqaro hamjamiyat bu taklifni qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirildi.

Seminarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida bugungi kunda nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda dolzarb bo‘lib turgan masalalar va ularning yechimi bo‘yicha amaliy takliflar keng o‘rin olgani ta’kidlandi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix yo‘nalishida t.f.d., professor A.Rasulov, kafedra mudiri t.f.n A.Erqo‘ziyev, t.f.n Z.Madraximov, o‘qituvchi D.Norqo‘ziyev va boshqa professor-o‘qituvchilar ishtirokida fakultetning 3-4-bosqich talabalari navbatdagi seminar tashkil etildi. A.Rasulov seminar davomida Davlatimiz rahbari o‘z nutqida mamlakatimizdagi islohotlar, demokratiya, inson huquqlari, yoshlar masalasi, diniy bag‘rikenglik, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya kabi qator dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Prezidentimizning BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish, Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilishi bo‘yicha takliflari barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Prezidentimiz nutqini chinakam tarixiy voqelik sifatida baholasak, to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki unda yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarish va islohotlar, tinchlik, barqarorlik, bag‘rikenglik masalalari, yaqin qo‘shnichilik aloqalari va yana ko‘plab mavzular qamrab olingan. Muhimi, ular BMT hujjatlaridagi maqsad-vazifalarga har tomonlama hamohang.

Nutqda e’tiborimni tortgan jihat shu bo‘ldiki, yoshlar hamda diniy e’tiqod borasidagi fikrlar zaldagilarni o‘zaro muhokamaga chorladi. Chindan ham, dunyoda so‘nggi yillarda kuchayib borayotgan terrorizm tahdidlariga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayapti. Chunki ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilan cheklanilyapti. Aslida xalqaro terrorizm hamda ekstremizm ildizini boshqa omillar, shuningdek, jaholat va murosasizlik tashkil etishini davlatimiz rahbari ishonch bilan ta’kidladi.

Shuning uchun yoshlarni ma’rifatli qilib tarbiyalash, ularda yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirishimiz kerak. Bundan tashqari, yigit-qizlar o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyalari tarqalishining oldini olish hayotiy vazifamizdir. O‘ylaymanki, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish haqidagi taklif qo‘llab-quvvatlanadi. Natijada yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan xalqaro huquqiy hujjat yuzaga keladi. Shu ma’noda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif butun dunyo bolalari va ularning ota-onalarini quvontiradi, deb hisoblayman.

Seminar davomida so‘z olgan t.f.n Z.Madraximov -Bugungi seminarda Prezidentimiz nutqining mazmun-mohiyati haqida kengroq tushunchalar berib o‘tdi. 

Prezidentimizning keng qamrovli, aytish mumkinki, tarixiy nutqida ko‘tarilgan masalalar sessiya ishtirokchilari, dunyoning yetakchi olim va mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar vakillari, yetuk siyosatchilar e’tiborini tortdi. Ushbu nutq Arxivshunoslik yo‘nalishida ham, gurux murabbiylari tomonidan guruxlar kesimida seminarlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan seminarlarda dastlab, nutqning videotasviri namoyish etildi. Shundan so‘ng grux murabbiylari hamda talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi jahon jamoatchiligida katta taasurot qoldirdi. Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar fakultetning 2-sonli kengashida ko‘rib chiqildi. 

N.Dexkanov
Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti dekani

O'qilgan: 67 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.