wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 07 Noyabr 2017 00:00

“Yoshlar terrorga qarshi” aktsiyasi

Joylashtirdi: 

Kuni kecha AQShning Nyu York shahrida sodir etilgan vahshiy zo‘ravonlik ortidan barcha o‘zbekistonliklarning qalbi qattiq yaralandi. O‘zbekistonimiz ma’rifat diyori, bag‘rikenglik o‘lkasi, insonparvar yurt hisoblansada, o‘z ona Vatanini pul ilinjida tashlab chiqib, bir to‘da razillar domiga tushib qolayotgan yoshlar bu muqaddas zaminimiz nomiga putur yetkazmoqda. 

Shu sababli, 2017 yil 6 noyabr kuni Namangan davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’tetining barcha guruxlarida #UzbYoshlariTerrorgaQarshi internet aktsiyasi orqali O‘zbekiston yoshlari tinchliksevar ekanligi, bizning tuproqdan jahon sivilizatsiyasi ravnaqiga hissa qo‘shgan qanchadan-qancha buyuk zotlar yetishib chiqqanligi, xalqimiz nafaqat birovning jismiga, balki qalbiga ham ozor yetkazishni katta gunoh hisoblashi haqida jahon hamjamiyatini keng xabardor qilishni niyat qilganmiz.

Shuningdek, aktsiyada Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti  fakul’tet dekani N.Dehqanov: “Tinchlikni asrash xushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi globallashuv davrida ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” kabi turli illatlar insoniyat taqdiriga jiddiy xavf solmoqda. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish O‘zbekistondek buyuk vatanimiz kelajagiga o‘zini ma’sul xisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, fakul’tetimiz faollarining ham muxim vazifasi xisoblanadi”, o‘z fikrini bildirdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 
Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti yetakchisi Sh.Kenjayev

O'qilgan: 76 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.