wrapper

Yangiliklar

Juma, 10 Noyabr 2017 00:00

“Buyuk yurtning-baxtiyor farzandlari” mavzusida tashkil etilgan davra suhbati 

Joylashtirdi: 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetidahamkor tashkilotlar va soha mutaxasisslar tomonidan “Buyuk yurtning-baxtiyor farzandlari” mavzusidagi davra suhbati shaklidagi tadbir tashkil etildi. Namangan viloyat Adliya boshqarmasi mutaxascisi yuridik fanlari doktori X. Abduraxmonova, O‘zbekiston Respublikasi Advakatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi mutaxacsisi N.Turg‘unova,  “Globus” advakatlik xayati advakati  O.Abdullayev, “Legal” advakatli buyrosi advakati A.Nishonov, huquqshunos O.Chuboyevalar tominidan ma’ruzalar tinglandi.

Tadbirni fakultet dekani N.Dexkanov kirish so‘zi bilan ochdi xamda tadbir maqsadiga to‘htalib o‘tdi.Bugungi kunda xalqimiz farovonligi ayniqsa yoshlarga berilayotgan etiborlar ularning ijtimoiy faolligi, ilmiy-ijodiy qobilyatlarini ro‘yobga chiqarishdagi davlatning maqsadli siyosati haqida so‘zladi.

X.Abduraxmonova 10 noyabr -“Butunjaxon yoshlar kuni” munosabati bilan mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan etibor, yangi tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kabi tashkilotlarning o‘rni va yoshlarimizdan kutilayotgan natijalar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi. 

Talabalar tomonidan X.Abduraxmonovaga ijtimoiy-huquqiy mavzular bo‘yicha savollar bilan birgalikda yoshlar, talabalarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishga doir takliflarini berib o‘tishdi.  

So‘ngra “Yoshlarga oida davlat siyosati asoslari” to‘g‘risidagi qonun yangi tahririning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Advakatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi N.Turg‘unova talabalarga ma’lumot berib o‘tdi.

“Globus” advakatlik xayati advakati  O.Abdullayevyurtimizda “Yoshlarga oid davlat siyosati”ni ijrosi yuzasidan talabalarga ma’ruza qildi.  O.Abdullayev yurtimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan loyixa va tanlovlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.  

Navbatdagi ma’ruzachi “Legal” advakatli buyrosi advakati A.Nishonov mavzusida davom ettirdi. A.Nishonov bugungi kunda voyaga yetmaganlar va uyushmagan yoshlar bilan bilan ishlash amaliyoti to‘g‘risida fikrlar bildirdi va talabalarni kelgusida voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida qanday jihatlarga e’tibor berishi lozimligi bo‘yicha tavsiyalar bildirdi.

Huquqshunos O.Chuboyeva talabalarga “Yoshlar va ularning salomatligiga ta’sir etuvchi ahborot manbalridan muhofaza qilish” nomli ma’ruzasi bilan davom ettirdi.  Shundan so‘ng, davra suhbati savol-javob tarzida davom etdi. O.Chuboyeva ma’ruzasi davomida quyidagi fikrlarni berib o‘tdi. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli to‘qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o‘rtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo‘layotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmasdan qo‘ymaydi. Bunday holatlarning kelib chiqish sabablarini, ularning fojiali oqibatlarini chuqur tushunib, anglab olish, keng jamoatchiligimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollaslarriga huquqshunos mutaxassislardan to‘liq va batafsil javoblarni olishdi.

Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar huquqshunoslarga mana shunday dolzar mavzularda ma’ruzalar, seminar-treninglar o‘tkazishlari haqidagi takliflari bilan chiqishdi. Shuningdek, yuqoridagi ma’ruza va savol-javoblardan keraklicha xulosalar olishdagi bergan qimmatli tavsiyalari, yo‘l-yo‘riqlari uchun minnatdorchilik bildirishdi. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani N.Dexkanov

O'qilgan: 106 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.