wrapper

Yangiliklar

Juma, 29 Aprel 2016 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishida “Ota-onalar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida 2016 yil 28 aprel kuni “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” konsepsiyasi asosida iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarining ota-onalari uchun “Ota-onalar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Unda fakultet dekani N.Dexkanov, dekan o‘rinbosari Sh.Jo‘rayev, kafedra mudiri N.Sotvoldiyev, guruh rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbirni fakultet dekani N.Dexkanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va olib bordi. N.Dexkanov o‘z ma'ruzasida talabalarning hulqi, intizomi, jamoat ishlaridagi faolligi, o‘quv jarayonidagi ishtiroki, fanlarni o‘zlashtirishi holati, universitet ichki tartib-qoidalari, shartnoma to‘lovining bajarilishi, universitet hududida uyali telefondan foydalanish qoidalari, muomala va kiyinish madaniyati hamda boshqa masalalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirdi.

So‘ngra kafedra mudiri N.Sotvoldiyev ham so‘z olib, ota-onalar bilan muntazam ravishda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash lozimligini va kelgusida ota-onalar bilan hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni ta'kidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida a'lo o‘qishi va namunali hulqi bilan faollik ko‘rsatayotgan talabalarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi va universitet rektori tashakkurnomalari taqdim etildi.

O'qilgan: 1321 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 02 May 2016 17:16

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.