wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 01 Iyun 2016 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtmioiy-iqtisodiy fakulteti talabalari tomonidan Namangan shaxridagi 26-sonli Mehribonlik uyida “1 iyun Halqaro bolalarni ximoya qilish kuni”ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

2016 yilning 31 may kuni Ijtimioiy-iqtisodiy fakultetida tashkil etilgan “1-iyun Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan hayriya aktsiyasi yakuni bo‘yicha  fakultet talabalari Namangan shaxridagi 26-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida fakultetdagi “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotining faol talabalari tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida turli musobaqalar tashkil etildi xamda g‘oliblar turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti nomidan hayriya aktsiyasidan tushgan mablag‘lar hisobidan Mehribonlik uyining chevarchilik ustaxonasi uchun tikuv mashinasi sovg‘a qilindi. Tashkil etilgan tadbir davomida fakultet talabalaridan iborat “Parvoz” jamoasi tomonidan tayyorlab kelingan kuy-qo‘shiq va raqslari Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining kayfiyatlarini ko‘tarib, ko‘ngillarini shod etdi. Tadbir so‘nggida Namangan shahridagi 26-sonli mehribonlik uyi direktori D.Abduraximova ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Namangan davlat universiteti rektori A.V.Umarovga xamda Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani N.B.Dexkanovga va fakultet talabalariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

Fakultet dekani N.Dexkanov

O'qilgan: 2583 marta So'ngi o'zgartirish: Payshanba, 02 Iyun 2016 08:46

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.