wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 07 Iyun 2016 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida talaba qizlar uchun “Qiz bolaning sha’ni - oila sha’ni” mavzusida tadbir utkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yil 7 iyun kuni Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida talaba qizlar uchun “Qiz bolaning sha’ni - oila sha’ni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida fakultet dekani N.Dexkanov, fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi N.Valiyeva, professor-o‘qituvchilar va talaba qizlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatini fakultet dekani N.Dexkanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bugungi kunda talaba yoshlar o‘rtasidagi ma’naviy muhit, ularning kiyinishi va muomala madaniyati, ayni paytda fakultetda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida fikr bildirdi. Fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi N.Valiyeva ham ushbu fikrlarni davom ettirdi va fakultetdagi iqtisodiyot yo‘nalishi talaba-qizlari tomonidan tayyorlangan kiyim (forma)lar to‘g‘risida, uning qulayliklari, tayyorlanish jarayoni haqida ma’lumotlar berib, boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun namuna sifatida e’tirof etdi. M.Tojiahmedova ham so‘z olib, talaba qizlar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida fikr-mulohazalarni bildirib o‘tdi. Suhbat davomida yozgi ta’til vaqtida talaba qizlar o‘zlarini nazorat qilishlari, universitet sha’nini himoya qilishlari, turli xil noxush xolatlardan saqlanishlari kerakligi tushuntirib o‘tildi.  

Fakultet talaba-qizlari ertangi kunda iboli oila bekasi bo‘lishlarini esdan chiqarmasliklari kerakligi uqdirildi.

Ushbu davra suhbatida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, uning ijobiy tomonlari, bunday uchrashuvlarning tez-tez bo‘lib turishi maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlashdi. Davra suhbati talaba qizlarda katta taassurot qoldirdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani N.Dexkanov
Fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi N.Valiyeva

O'qilgan: 3354 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.