wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 15 Fevral 2017 00:00

Zahiriddin Muhammad Bobur - shoir va davlat arbobi mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati

Joylashtirdi: 

2017 yilning 14 fevral kuni NamDU talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida “Zahiriddin Muhammad Bobur-shoir va davlat arbobi” mavzusida davra suhbati uyushtirildi. Mazkur tadbirda “Tarix” kafedrasining professor-o‘qituvchilaridan I.Qo‘ziqulov, B.Qurbonov, E.Kenjayev, Z.Madraximov, U.Mansurov, Sh.Nasriddinov, M.Maxmudov, D.Norqo‘ziyev, X.Boymirzayevlar ishtirok etishdi.

Davra suxbatini Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Mansurov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi tadbir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotganligini bildirib o‘tdi. Notiq o‘z so‘zida Bobur va Boburiylar sulolasining tarixi xaqida o‘zining fikrlarini bildirdi.

Ushbu kungi davra suhbati davomida kafedraning katta o‘qituvchisi E.Kenjayev ham so‘z olib, Zaxiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar sulolasining Xindiston tarixida tutgan o‘rni va ular davrida ilm-fan, madaniyat va san’at sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi. 

Tadbir davomida talabalarga Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining “Parvoz” radio jamoasi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534-yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan xujjatli film xam namoyish etildi.

Davra suhbati qatnashchilar o‘rtasida bahs-munozaralarga ulanib ketdi. Shuningdek, suhbat davomida Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix yo‘nalishi talabalaridan R.Maxkamov va O.Abduraxmonovlar Bobur ruboyilaridan parchalar o‘qishdi. 

Tadbir yakunida talaba yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan ustozlarga murojaat etdilar. Tarix kafedrasining professor-o‘qituvchilari talabalarning barcha savollariga atroflicha javob berdilar.

Bayonlashtiruvchi U.Mansurov

O'qilgan: 95 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.