wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 15 Fevral 2017 00:00

Talabalar turar joyida hamda ijarada yashovchi talabalarining yashash sharoitlarini o‘rganildi

Joylashtirdi: 

2017 yilning 13 fevral kuni Tarix kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan E.Kenjayev, Z.Madraximov, I.Qo‘ziqulov, U.Mansurov, Sh.Nasriddinov, D.Norqo‘ziyev, X.Boymirzayevlar Namangan Davlat Universitetining Talabalar turar joyida hamda Namangan shahridagi mavjud xususiy xonadonlarda ijara asosida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ularning turar joylariga tashrif buyurishdi. 

Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar talabalarning yashash joylarining xolati, yashash sharoitlari bilan tanishdilar hamda talabalarga yong‘in xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar. Tashrif davomida xususiy xonadon egalari bilan suxbatlashib, ulardan talabalarning o‘qishdan keyingi vaqtlarda xavfsizligini ta’minlash, milliy ma’naviyatimiz va jamiyat manfaatlariga zid harakat qiluvchi turli guruhlar ta’siridan ximoyalashlarini kafolatlash yuzasidan tushuntirish xatlarini olishdi. 

Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Mansurov

O'qilgan: 309 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.