wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 13 Fevral 2017 00:00

jismoniy madaniyat fakultetida “Zamonamiz farhodlari” mavzusida taniqli o‘zbek sportchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 yanvardagi 87-03-193-sonli xatiga asosan 2017 yil 10 fevral kuni Namangan davlat universitetida ulug‘ o‘zbek shiori va mutafakkiri Alisher Navoiyning 576 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonamiz farhodlari” mavzusida taniqli o‘zbek sportchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jismoniy madaniyat fakulteti dekani S.Azizov, “Talaba”sport uyushmasi raisi O.Alijonov, Belbog‘li kurash buyicha jaxon chempionlari Jaxongir Abdulxayev, Abdulaziz Xomidjonov, dekan o‘rinbosari N.Goziyev, dekan o‘rinbosari R.Dadaboyev hamda jismoniy madaniyat fakultetining 100 nafar talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda jismoniy madaniyat fakulteti dekani S..Azizov buyuk bobokolonimiz o‘zbek adabiyoti asoschisi, shoir, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy asarlari bugungi yosh avlod tarbiyasidi muhum omil bo‘lib hizmat qilmoqda deb tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib tadbirni ochib berdi.
Tadbirda belbog‘li kurash buyicha bir necha bor O‘zbekiston chempioni, bir necha bor jaxon chempioni va sovrindori bo‘lgan Jaxongir Abdulxayev mana bugun ulug‘ shoirimiz Navoiy bobomiz tavalludi munosabati bilan yig‘ilib turib, Alisher Navoiy nafaqat adabiyot sohasida balki davlat boshqaruvidagi fikirlari yosh avlodni mard jasur, va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhum axamiyatga molik ekanligini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Shu o‘rinda universitetdagi barcha professor-o‘qituvchilarga hamda shu fakultet jamosiga chuqur minnotdorchiligini bildirib o‘tib o‘zining o‘qigan paytlarini eslab o‘qib yurgan chog‘larida birinchi bor Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida 2005 yilgi  jaxon chempionatida ishtirok etganligi va bu musobaqa uning kelajagini boshlang‘ich debochasi bo‘lganligini aytib o‘tdi.
Tadbirda Abdulaziz Xomidjonov bugungi kunda Namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti magistratura bo‘limining 2 bosqichida taxsil olayotganini xamda o‘zining erishgan yutuklari to‘g‘risida o‘z tengdoshlariga o‘tib Vatanimiz kelajagi uchun bor kuch va g‘ayrat bilan mexnat kilish kerakligi xamda doimo o‘z ustilarida ishlashlashlari kerakligi to‘g‘risida gapirib, talabalar bilan halqaro hamda respublika miqqiyosida erishgan natijalari bilan fikr almashishdi.
Tadbir so‘ngida fakultet dekani S.Azizov universitetda bunday tadbirlar doimiy davom etishi to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga aytib o‘tdi.

Fakultet dekani S.V.Azizov

O'qilgan: 303 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.