wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 05:00

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi 

Kafedra mudiri – p.f.n  Ismoilov Turobjon Umirzaqovich 
Manzil:  Namangan shahri, Uychi ko’chasi, 316, 8-bino 2-qavat 14-xona
Telefon:  (0-369)227-20-97
E-mail:
Faks:  (0369) 227-20-97

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dastlab 1952 yilda 2 martda pedagogik-psixologiya kafedrasi negizida aloxida kafedra bo`lib tashkil etildi.

Dastlabki kafedra mudiri Yunus Turg’unovich Zokirov bo'lgan. Kafedra o`qituvchilar tarkibi yetishmasligi sababli 1953-1957 yillari pedagogika-psixologiya kafedrasi tarkibida faoliyat yuritdi. 1958 yildan jismoniy tarbiya va sport kafedrasi qayta tiklandi. Kafedra Yu.T.Zokirov boshchiligida yosh yetuk mutaxassislar bilan to`ldirildi. B.P.Ten’ (1957), A.Arifbayev (1958), M.Batenkov, V.Belimov, P.Jdanov, Yu.Arxenko, L.Ponomarev, N.Bat, X.Usmanov (1962), N.P.Morchenkolar faoliyat ko`rsatdi.

1967 yildan jismoniy tarbiya soxasida o`qituvchilar tayyorlashga aloxida e`tibor qaratilib, jismoniy tarbiya o`qituvchilar tayyorlashga kirishildi. Kafedra faoliyati yanada kuchaytirildi.

Kafedraga J.E.Ergashev, T.J.Jo`rayev, U.Ubaydullayev,  V.Smirnova, V.P.Dubatovkin, L.S.Kletsova, A.N.Fidrix, V.Borkinlar taklif etildi.

Yuqoridagi mutaxassislar bilan bir qatorda shu kafedradan yetishib chiqqan yosh mutaxassislar I.Sodiqov, Sh.Karabayev ishga olib qolindi. Jismoniy tarbiya va sport kafedrasini 1968 yildan X.O.Usmanov, 1971 yildan B.P.Ten’ boshqardi.

1972 yildan jismoniy tarbiya va sport kafedrasi negizida sport fanlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi tashkil etildi, kafedrani N.P.Marchenko (1972-1982) boshqardi.

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir qatorda ilmiy metodik ishlar rivojlanib bordi.

Kafedra katta o`qituvchilaridan X.O.Usmanov (1991), T.J.Jo`rayev (1992),  O.Toshpo`latov (1993) bilan birga biologiya fanlari nomzodi, S.Mirzayev (1994) dotsent unvoniga ega bo`lishdi.

Kafedrani tarkibi doimiy ravishda yosh iqtidorli o`qituvchilar bilan to`ldirilib borildi va kafedra ilmiy saloxiyati yanada kuchaytirildi, natijada A.Umarov (1992), A.A.Jalilov (1993) Moskva Butunittifoq fizkul’tura ilmiy tadqiqot institutida  A.N.Pyan’zin (1993). Moskva Pedagogika institutida,  S.V.Azizov (1996) Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi maxsus kengashda nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qilishdi.

Respublika mustaqilligining dastlabki davrlarida ilm-fan madaniyat va sportga e`tibor oshdi va yosh o`qituvchilarni Respublika markaziy institutlari aspiranturasining kunduzgi bo`limiga ilmiy tadqiqot ishlari uchun Sh.Mirzamaxmudov Nizomiy nomli ToshDPU (1993-1996), T.U.Ismoilov O`zDJTI (1994-1997), B.G’.Boyboboev Qori Niyoziy nomli O`zPITI (1995-1998), B.Sh.Madaminov O`zDJTI (1996-1999), N.N.Azizov O`zDJTI (1997-2000)ga yuborildi va nomzodlik dissertatsiyalarini muvoffaqqiyatli ximoya qilishdi. Kafedra stajyor tadqiqotchisi A.Xojimirzayev ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, 2002 yili Qori Niyoziy nomidagi O`zPITI qoshidagi mahsus kengashda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi  ilmiy darajasiga musharraf bo`ldi.

Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini ilmiy-metodik va pedagogik asoslari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari kafedrada muntazam davom ettirilib, kafedra katta o`qituvchilari Sh.Mirzamaxmudov (2007), R.Azizova (2008), S.V.Azizovlarga (2011) O`zbekiston Respublikasi OAK tomonidan  dotsent unvoni berildi.

Kafedra professor-o`qituvchilari yoshlarni tarbiyalashda ilm fan madaniyat va sport soxasidagi katta xizmatlari uchun xukumatimiz tomonidan yuksak baholanib, L.M.Muzafarova O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi, N.R.G’oziyev “Sog’lom avlod uchun” II darajali  ordeni soxibi bo`lishdi.

Ta’lim-tarbiya va sport ishlarini samarali olib borganligi uchun kafedra dotsenti S.V.Azizov O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining “Ta`lim fidoisi” medali va Respublika  mustaqilligining 22 ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.

Kafedra jismoniy tarbiya va sport soxasida mutaxassislar tayyorlashda etakchi kafedra xisoblanib, ilmiy saloxiyatiga ega. Kafedrada pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, S.Azizov, dotsentlar R.Azizova va Sh.Mirzamaxmudov, tibbiyot fanlari nomzodi S.Boltaboyev,  pedagogika fanlari nomzodlari B.Boyboboyev, T.Ismoilov, N.Azizov, A.Xojimirzayev, B.Madaminovlar faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada 23 nafar mutaxassis ishlaydi. Jumladan 6 nafar fan nomzodi 3 nafar  dotsentlar.

Kafedraning ilmiy saloxiyati 39% tashkil etadi.

Kafedra 5112000-jismoniy madaniyat, 5610500-sport faoliyati  (faoliyat turlari bo`yicha) bakalavrlar va 5A112001-jismoniy tarbiya sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi hamda 5A112001-jismoniy madaniyat mutaxasisliklari bo`yicha magistrlar tayyorlaydi.

Kafedra  professor-o`qituvchilari tomonidan o`quv rejaning umumkasbiy fanlar blokidagi fanlar bo`yicha mashg’ulotlar olib boriladi.

Kafedra mutaxassislari jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotini uzviy bog’lab, sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish bo`yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedra mudiri Ismoilov Turabjon Umirzaqovich 1964 yil 18-iyulda Andijon viloyati Baliqchi tumanining Baliqchi qishlog’ida tug’ilgan.1987-yili Namangan davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakul’tetiga o`qishga kirib ushbu fakul’tetni 1991-yili tamomlagan. 1991-1994 yillarda Namangan davlat universitetini jismoniy tarbiya va sport turlarini o’qitish uslubiyoti kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlagan. 1994-yilning 1-dekabrida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining aspirantura bo`limiga o`qishga kirib, 1997-yilni 1 dekabrida aspiranturani tamomlagan.1997-yil 1-dekabrdan Namangan davlat universiteti jismoniy tarbiya fakul’tetining jismoniy madaniyat kaferasida o`qituvchi lavozimida ish boshlagan . 2010 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib pedagogika fanlari ilmiy darajasiga ega bo’lgan. 2015-yilning 2-martidan boshlab jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra a'zolari jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotini uzviy bog’lab, sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedra a'zolari tomonidan bajarilgan asosiy ilmiy-uslubiy ishlar:

1.Boyboboyev B.G’. Jismoniy tarbiya dasrlarida pedagogik tahlil, Uslubiy qo'llanma. Namangan, 2004-yil. 

2.Mirzamahmudov Sh. Futbol o’yini texnikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2007-yil.

3.Azizova R. Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent, 2009-yil.                                    

4.Iskandarova S.D., Musayeva Sh.Z., Boltaboyev S.A., Qo`ldoshev T.A., To`ychiyeva M.Yu. Surunkali buyrak kasalliklari. Toshkent, 2012.

5.Usmanov B Gimnastika darslarida innovatsion texnologiyalar (o`quv qo`llanma). Toshkent, “TAFAKKUR BO’STONI”. 2013-yil.

6.Madaminov B . Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyotining amaliyoti (o`quv qo`llanma). Toshkent, 2013-yil.

7.Mirzamahmudov Sh. Yozgi olimpiada o`yinlari tarixi. Namangan, 2014-yil.         

8.Mirzamahmudov Sh . Futbolchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish xususiyatlari. Namangan, 2014-yil.

9.Egamberdiyev I. Volleybol texnikasi asoslari. Namangan,  2014-yil.

10.Usmanov X, Muzaffarova L. Podgotovka k pechati uchebno–metodicheskix ukazaniy po distsipline legkaya atletika “Prijok v visotu”. Namangan,  2014-yil.

11.Usmanov X. Yengil atletika. Namangan, 2014-yil.                                        

12.Ismoilov T. Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash bo`yicha мetodik tavsiyanoma. Namangan, 2014-yil. 

13.T.Ismoilov.Magistrlik dissertatsiyalarini yozish, rasmiylahstirish va himoyaga tayorlash boyicha uslubiy ko’rsatma. Namangan, 2014 yil. -26 b.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tarbiyalanayotgan sportchilar viloyat, respublika va osiyo o'yinlarida terma jamoa safida ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirda ushbu yo'nalishda 55 nafardan ortiq sport ustasi, 70 ga yaqin sport ustaligiga nomzod va 300 nafardan ortiq birinchi va ikkinchi razryadli sportchilar tahsil olmoqda.

Kafedrada Pop qishloq xo`jalik kolleji bilan hamkorlik o’rnatilgan. Filial mudiri kafedra o’qituvchisi Sh.Boltaboev.

 

O'qilgan: 3659 marta So'ngi o'zgartirish: Shanba, 26 Dekabr 2015 09:28

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.