wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 18 May 2017 00:00

“Profilaktika kuni” munosabati bilan namangandagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida marofon yugurish musobaqasi o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 18 may kuni Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Profilaktika kuni” munosabati bilan marofon yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Namangan viloyati hokimligi, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan bu tadbirda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosarlari P.Matkarimov, X.Yusupova, Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i R.Do‘smatov, Namangan davlat universiteti rektori A.Umarov, Namangan muhandislik-pedagogika instituti rektori Sh.Kenjaboyev, Namangan muhandislik texnologiya instituti rektori O.Mamatkarimov, oliy ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari G‘.Shermatov, M.Qayumov va A.Isoqboyevlar ishtirok etdilar. Marofon yugurish musobaqasida viloyatdagi uchta oliy ta’lim muassasalaridan mingdan ortiq talabalar ishtirok etdilar. 

Marofon yugurishi natijalariga ko‘ra, o‘g‘il talabalar o‘rtasida Namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 203- guruh talabasi Muhiddin Abdullayev 1- o‘rinni, 303- guruh talabasi Jahongirmirzo Sobirjanov 2- o‘rinni egalladi. Qiz talabalar o‘rtasidagi marofon yugurishda esa Jismoniy madaniyat fakulteti 4-kurs talabasi talabasi Talachyova Sabina 1-o‘rinni, Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti) yo‘nalishi 1-kurs talabasi Abdullayeva Shirin 2-o‘rinni, Rahmatova Dilnoza 3-o‘rinni egalladilar. G‘oliblarga viloyat hokimligi va Ichki ishlar boshqarmasining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev  

O'qilgan: 5662 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.