wrapper

Yangiliklar

Juma, 19 May 2017 00:00

Bitiruvchilar ishtirokida “O‘z biznesingizni yarating” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Joylashtirdi: 

2017 yil 19 may kuni Namangan davlat universitetida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 197-bandini hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining birinchi o‘rinbosarining 2017 yil 19 apreldagi №32/71-Q/Q-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 19 aperldagi № 24-Q/Q-sonli  Qo‘shma qarorini universitetda ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun “O‘z biznesingizni yarating” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

Seminar–treningda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 2016-2017 o‘quv yili bitiruvchilaridan  200 nafardan ortiq talabalar, Markaziy bank Namangan viloyati Bosh-boshqarmasi mutaxassisi Xamrayev Odiljon Abduraxmonovich, O‘zbekiston Milliy banki Namangan viloyat bo‘limi mutaxassisi Kozimov Sarvar Numonjonovich, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi o‘quv markazi direktori Otabayev Dilshodbek Karimjonovich Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi mudiri Kamoliddin Sirojiddinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Dilmurod Boytillayev hamda marketing bo‘limi boshlig‘i Komiljon Umarovlar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tomonidan o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchi talabalarga biznes savodxonligini oshirish, biznes rejalar tuzish va ularni tadbirkorlik faoliyatini belgilangan tartibda davlat idoralaridan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maslaxatlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan tarbirkorlik faoliyatlari bo‘yicha savollar bilan mutaxassislarga murojat etdilar hamda taklif etilgan mutaxassislar tomonidan ushbu berilgan savollarga qonun xujjatlariga asoslangan holda  to‘liq javob oldilar. Seminar-trening qiziqarli, savol-javoblarga boy, mazmunli bo‘lib o‘tdi.

Marketing bo‘limi boshlig‘i K.Umarov

O'qilgan: 13434 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.