wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 26 Aprel 2016 00:00

Namangan davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 107- guruhida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishining yozma bayoni.

Joylashtirdi: 

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha fakultet dekani X. Mavlyanov so‘zga chiqib, avvalo ota-onalarni farzandlarining talabalik baxtiga muyassar bo‘lganligi bilan tabrikladi. Farzandlarining talaba bo‘lgani ota- onalarga ham quvonch va ma’suliyat yuklashini, darslarga o‘z vaqtida kechikmay, o‘quv qurollari yetarli xolda kelishi lozimligini aytib o‘tdi. Fakultet dekani, 2015-2016 paxta mavsumida faol ishtirok etgan talabalarning ota-onalariga tashakkur bildirdi. Shuningdek, dekan talabalarning bugungi kunda til o‘rganishi, kompyuter o‘rganishi o‘ta muhim vazifa ekanligini ta’kidlab, ota-onalarni bu borada yordam berishlarini aytib o‘tdi. Kiyinish va muomala madaniyati to‘g‘risida ham fikr bildirdi. Ta’lim berish sifatiga katta e’tibor berilayotganligi, o‘qituvchilar bosqichma bosqich malaka oshirib kelayotganligi, bundan buyon ta’lim sifatiga hukumat tomonidan alohida e’tibor berilayotganligini yana bir bor ta’kidladi.

Dekan o‘rinbosari M.Asranboyeva ham so‘z olib, o‘quv jarayoni to‘g‘risida tushuncha berdi, 107-guruh talabalarining davomati yaxshi ekanligini ta’kidlab o‘tdi va ota-onalarga minnatdorchilik bildirdi. Davomatning yaxshi bo‘lishi guruh rahbariga ham bog‘liq ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, u ota- onalarga farzandlari ta’lim-tarbiya olishlari uchun universitetda barcha sharoitlarning, ARM xizmati, Internet xizmatining yaratilgani, axborot resurs markazida yetarlicha adabiyotlarning borligi, talabalarning barchasi kutubxonaga a’zo bo‘lganini aytib o‘tdi.

Ushbu masalalar yuzasidan kafedra mudiri, guruh rahbari M.Maxsudova ham so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida bu yilgi paxta mavsumida maktabgacha ta’lim yo‘nalishining ishtiroki, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kafedra professor-o‘qituvchilarining ishtiroki, afsuski ayrim talabalarning paxta mavsumida qatnashmaganligini ta’kidlash bilan birga ota- onalardan keyingi paxta mavsumida bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslikni iltimos qildi.U guruh talabalarining davomati yaxshi ekanligi, ammo ularning muomala madaniyati hali to‘liq shakllanmaganligi, bir-birlariga bo‘lgan hurmat hissini shakllantirish ota-onalarning va pedagoglar zimmasida ekanligini aytib o‘tdi. Shartnoma pullarini guruh talabalari to‘liq to‘laganligini bildirib, buning uchun ota-onalarga katta rahmat aytdi. Talabalarning bir xil kiyimda kelishlarini ta’minlashga ota-onalar ham mas’ulligini ta’kidladi. Turli diniy oqimlar va guruhlar ta’siridan farzandlarini asrashni iltimos qilib o‘tdi.

Guruh rahbari avvalo guruhda ota-onalar qo‘mitasi raisi va a’zolarini saylab olishni taklif etdi. Ota-onalar takliflariga ko‘ra, ota-onalar qo‘mitasi raisi va a’zolari saylab olindi. Jumladan, Kamalova Dildoraning onasi Kamalova Jamilaxon (maktab direktori )ota-onalar kengashi raisi etib, uning yordamchilari etib, Ashurova Yoqutning onasi Ismoilova Durdona (MTM mudirasi), Komilova Zilolaning otasi Meliyev Nabijon (Pop markaziy shifoxonasi shifokori).

Katta o‘qituvchi Z.Qoraboyeva ham so‘zga chiqib, bu guruhga darsga kirishi, ularning darsni o‘zlashtirishlari, shuningdek, “odob-axloq qoidalari” to‘g‘risida ota-onalarga tushuncha berib o‘tdi.

107-guruh talabalaridan 2 nafari (Rajabova Orasta, G‘ofurova Muxarram, ) uyida istiqomat qiladigan ijara egasi Djabbarova Malika ham so‘zga chiqib, qizlarni uyida yashashlari uchun barcha shart-sharoitlar yetarli ekanligi, ularning tarbiyasiga jiddiy qarayotganliklari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida ota - onalar ham o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish juda qiziqarli va jonli tarzda tashkil etildi.

O'qilgan: 418 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 26 Aprel 2016 11:37

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.