wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 27 Aprel 2016 00:00

Ota-onalar yig'ilishi

Joylashtirdi: 

2016 yil 26 aprel kuni Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 307-guruhda o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishi yuzasidan yozma axboroti.

2016 yil 26 aprel kuni Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 307 guruhda ota onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida 2015-2016 o‘quv yilining 1-semestri yakunlari, talabalarning darslarga qatnashishi va kiyinish madaniyati, 2015-2016 o‘quv yilidagi shartnoma pulidan qarzdorlik va 2016-2017 o‘quv yili uchun shartnoma pullarini o‘z vaqtida to‘lash, ijarada yotuvchi talabalarning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib muhokama qilindi.

Yig‘ilishni maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi metodikasi mudiri M. Maxsudova so‘zi bilan boshlandi. M. Maxsudova nutqida ota- onalarga 2015-2016 o‘quv yilining 1-semestri yakunlari xususida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shartnoma pullarini o‘z vaqtida to‘lash, kiyinish va muomala madaniyatiga alohida to‘htalib o‘tdi.

Fakultet dekani X. Mavlyanov so‘zga chiqib, talabalarning o‘qish va jamoat ishlaridagi ishtiroki, ijarada yotgan talabalarning xavfsizligini ta’minlash, universitet tomonidan qabul qilingan axloq-odob kodeksiga qat’iy rioya qilish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Asranboyeva so‘zga chiqib, ota-onalar bilan doimiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, talabalarning darslarga o‘z vaqtida ishtirok etishini ta’minlash, shartnoma pullarini o‘z vaqtida to‘lash, talabalarning darsdan keyingi faoliyatini fan to‘garaklariga ishtirokini ta’minlash masalalariga to‘htalib o‘tdi.

Kafedra o‘qituvchisi X. Hamroqulova ham o‘z so‘zida talaba qizlarga ta’lim-tarbiya berish va oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga to‘htalib, ota- onalarga kerakli maslahatlarini berib o‘tdi.

Guruh rahbari N. Abdusamatova o‘z so‘zida barcha masalalarga umumiy to‘htalib, talabalarning har biriga tavsif berib o‘tdi.

Ota-onalar ham so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, takliflarini aytib o‘tdilar.

O'qilgan: 215 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.