wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 12 May 2016 00:00

Kasb-hunar kollejlarida keys texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari

Joylashtirdi: 

Joriy 2016 yil 11 may kuni Chortoq tumanidagi Oyqiron maishiy xizmat kasb-hunar kollejida Namanangan davlat universiteti, maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Kasb-hunar kollejlarida keys texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari” seminar treningi tashkil qilindi.

Seminar treningda Namangan davlat universitetining “Pedagogika” fakulteti, maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchilari Zoxida Qoraboyeva, Munojat Asranboyeva, o‘qituvchi N. Abdusamatova, pedagogika- psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Munojat Toshibekova hamda kollejning 35 nafar o‘qituvchi va muhandis-pedagoglari hamda 10 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etishdi.

Namangan davlat universitetining maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zoxida Qoraboyeva seminar trening maqsadiga to‘xtalar ekan, "Zamonaviy ta’limni tashkil etishga quyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish ekanligini ta’kidlash bilan birga dars mashg‘ulotlari interfaol usullardan foydalanganda o‘quvchilar faolligining oshishi, ularda erkin fikr bildirish, o‘z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanishini aytib o‘tdi. Natijada o‘quvchilar uchun dars qiziqarli va mazmunli o‘qitilayotgan fanga aylanadi. Shu bois u o‘quv jarayoniga ijodiy va mustaqil yondashishga intiladi, har bir daqiqani g‘animat bilib mashg‘ulotlarga muntazam ravishda qatnashadi" deb seminar qatnashchilariga o‘z fikrini bayon etdi.

Bundan tashqari universitet o‘qituvchilari Munojat Toshibekova va Nargiza Abdusamatovalar ta’limdagi innovatsion texnologiyaning “Case study” usuli haqida ma’lumot berdi. “Case study” usuli 1872 yil ilk bor Garvord universitetida talabalarni o‘qitishda qo‘llanilgani va ijobiy natijalarni berganini gapirib o‘tdi. . “Case -bu o‘quv topshirig‘i bo‘lib, biror bir masalani bartaraf etish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish hisoblanadi. Asosan bu usul ijtimoiy gumanitar va maxsus fanlarni o‘qitilishida yuqori samara berishini ta’kidlab o‘tdi va ta’limdagi innovatsion texnologiyaning “Case study” usuli haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng Namangan davlat universiteti o‘qituvchilari seminar ishtirokchilariga “Kasb-hunar kollejlarida keys texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari” mavzusida kichik guruhlarga bo‘lingan xolatda, yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars tashkil etib berishdi. Seminar trening so‘ngida kollejning o‘qituvchilari, muhandis-pedagoglari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O‘quv seminari yuqori saviyada tashkil etildi. Kollej o‘qituvchilari kasb hunar kollejlari va oliy ta’lim o‘rtasidagi hamkorlik ishlarini davom etishi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

“Oyqiron” maishiy KXKdagi NamDU maktabgacha ta’lim Metodikasi kafedrasi filiali mudiri: N. Abdusamatova

O'qilgan: 739 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.