wrapper

Yangiliklar

Juma, 31 Mart 2017 00:00

Musiqiy ta’lim kafedrasi va Namangan pedagogika kolleji bilan hamkorlikda 2017 yil 30 mart kuni “Uch avlod uchrashuvi” bo'lib o'tdi

Joylashtirdi: 

Pedagogika fakulteti Musiqiy ta’lim kafedrasi va Namangan pedagogika kolleji bilan hamkorlikda 2017 yil 30 mart kuni “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan ijodiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad kollej bosh o‘qituvchisi iste’dodli cholg‘uchi - pedagog Tolibjon Dadaboyevning uzoq yillar mobaynidagi ijodkorlik faoliyati nazarda tutilgan.  

Tolibjon Dadaboyev o‘zining pedagoglik faoliyati davrida ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. Shuningdek, Namangan davlat universiteti Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab yurgan vaqtlarida ham “O‘zbekiston Vatanim manim” qo‘shiqlar tanlovining respublika bosqichiga o‘z shogirdlarini ishtirokini ta’minlab kelgan. 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchilari N.Abdullayev, Q.Rahmatov, Pedagogika-psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Shohista To‘ychiyevalar ishtirok etdilar, iqtidorli talabalardan Sohiba Saydaliyeva o‘zbek xalq turkum asarlaridan “Galdir I,II,III” ni ustozona kuylab, kollej rahbariyatining tashakkurnomasiga ega bo‘ldi. Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalasi Doston Ismonov  ishtirok  etdi . Maxmudjon Dadaboyev va Tolibjon Dadaboyevlar bir necha yillardan buyon Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi yo‘nalishida “Master klass” darslarini o‘tib, talaba- yoshlarga o‘zlari bastalagan kuy- qo‘shiqlarni o‘rgatib kelishmoqda.

Pedagogika kolleji talabalari ularning asarlaridan ijro etishdi. Bayram tadbiri  ko‘ngilli va ko‘tarinki tarzda o‘tdi.  Namangan davlat universiteti hamda Namangan pedagogika kollejining hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishi uchun istiqbol rejalar belgilab olindi. 

Kafedra katta o‘qituvchisi R.Qo‘shinova

O'qilgan: 181 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.