wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 13 Yanvar 2016 00:00

“Xar kimni el siylasa .....”

Joylashtirdi: 

2016 yil 12 yanvar kuni Namangan shahar san'at kolleji konsert zalida Namangan davlat universiteti Musiqa ta'limi yo‘nalishi talabalari Namangan viloyati Hokimligi tomonidan o‘tkazilgan Namanganning bulbuli O‘zbekiston xalq artisti “El yurt xurmati” ordeni sohibi Kamoliddin Rahimovning xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Har kimni el siylasa .....” nomli xotira va nazm-navo kechasida qatnashdilar. Kechada Namangan viloyat Hokimligi, viloyat Madaniyat va sport boshqarmasi, O‘zbeknavo estrada birlashmasi viloyat bo‘limi, Namangan san'at kolleji, Toshkent shahridan va Farg‘ona vodiysining buyuk san'atkorlari qatnashishdilar.

 

Kechani viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i, tashkilotchi Ziyoviddin Masurov olib bordi va O‘zbekiston xalq artisti “El yurt xurmati” ordeni sohibi Kamoliddin Rahimovning hayoti va ijodi xaqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Namanganlik xushovoz xonanda Kamoliddin Rahimovning shogirdi Isoqjon Jo‘raxonov ustoziga atab o‘z marsiyasini ijro etdi. Shuningdek Hamidjon Mallaboyev, Zuxriddin Rajabovlar ustoz Kamoliddin Rahimov tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarni kuylashdi.

Kechaga kelgan mehmonlardan Qo‘qonlik Nuriddin Asqarov Kamoliddin Rahimov xaqida o‘z fikrlarini bildirdi va ustoz aytgan qo‘shiqlardan ijro etdi.

Kechada san'atkorning ukasi Zokirjon Qayumov K.Rahimov haqida bir qancha iliq so‘zlarni gapirib xotirladi. Ayniqsa Namangan tanovorini K.Rahimov tomonidan yaratilib butun O‘zbekiston balki O‘rta Osiyoga tanilishi tarixini so‘zlab berdi.

Kecha so‘nggida xofizning o‘g‘li Xusanboy Rahimov o‘z padari buzrukvorini madx etib bir juft qo‘shiq kuyladi.

Ushbu xotirlash kechasida Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchisi Mahamadali Mirabdullaev so‘z olib O‘zbekiston xalq artisti “El yurt xurmati” ordeni sohibi Kamoliddin Rahimovning 2007-2010 yillari Namangan davlat universitetida faxriy professor lavozimida bo‘lajak musiqa tarbiyachilariga an'anaviy xonandalik fanidan saboq berganligi, aynan o‘sha yillari ustoz san'atkor, pedagog K.Rahimovning samarali mehnati natijasi bo‘lib, musiqa ta'limi yo‘nalishi talabalaridan Shavkat Ergashev, Nozima Parpiyeva, Sadoqat Yo‘ldashevalarning “Nihol” va shu kabi Respublika miqyosidagi tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi haqida gapirib o‘tdi. U o‘z so‘zi yakunida ustoz san'atkor Kamoliddin Rahimov haqida qo‘llanmalar, maqolalar yaratib yoshlarga uning na'munali, sermazmun ijod va xayot tarzini ibrat misolida ko‘rsatish kerak degan fikrlarni bildirdi.

Musiqiy ta'lim kafedrasi mudiri O.Azizov

O'qilgan: 1216 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 26 Yanvar 2016 11:50

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.