wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 27 Yanvar 2016 00:00

“Farzandlar yurt kelajagi”

Joylashtirdi: 

2016-yil 26 yanvar kuni Namangan davlat universiteti Musiqiy ta'lim, Tasviriy san'at kafedralari hamda Namangan shaxar 11-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda, 2016-yil “Sog‘lom ona va bola” yiliga bag‘ishlab “Farzandlar yurt kelajagi” nomli ko‘rgazma va konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsertda bolalar musiqa va san'at maktabining o‘quvchilaridan: Axrorbek Musabaev rubobda “Vengercha raqs”, Maftuna Jalalova dutorda “Dutorim”, Dovud Baxtiyorov urma cholg‘u asboblarida “Billi jins”, Guljaxon Abduqaxxarova raqs “Raqs Maloxat”, “Sho‘x sado” dutorchi qizlar “Lola raqsi”, Dilshoda Saidova “Farishta” qo‘shig‘i va maktab qoshidagi “Tarona ansambli” “Xorazm termalaridan” yuksak maxorat bilan ijro etishdi.

Konsertni tomosha qilgan Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, hamda universitet talabalari va xodimlari konsert dasturidan mamnun bo‘lishdi, shuningdek san'at maktabining amaliy san'at, xaykaltaroshlik, tasviriy san'at yunalishlari o‘quvchilari o‘z ko‘rgazmalari bilan qatnashishdi.

Konsert oxirida o‘z chiqishlari bilan ishtirok etgan o‘quvchilarga va tadbir tashkilotchilariga, universitet tomonidan taqdim etilgan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini, universitet Ilmiy ishlar prorektori M. Qodirxonov va Musiqiy ta'limi kafedrasi mudiri O. Azizovlar topshirishdilar.

O'qilgan: 534 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 27 Yanvar 2016 14:24

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.