wrapper

Yangiliklar

Shanba, 07 May 2016 00:00

Sehrli ohanglar

Joylashtirdi: 

Oliy o’quv yurtlari va kollejlarning hamkorligini rivojlantirish, talabalarni bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida 2016 yil 6 may kuni Namangan davlat universiteti faollar zalida 2016 yil “Sog’lom ona va bola yili”ga bag’ishlab, Namangan san’at kolleji talabalarining “Sehrli ohanglar” nomli kontsert dasturi bo’lib o’tdi.

Kontsertda kollejning xor kollektivi, torli cholg’ular kamer orkestri, rubobchilar ansambli, xalq raqsi kafedrasi o’quvchilari tomonidan “Chashmagul” raqsini, an’anaviy ijrochilik kafedrasi o’quvchilari, xalqaro tanlov g’olibi Yodgora Murodillaeva, Respublika tanlovlari g’olibi Oydina Abdullaeva Alisher Navoiy g’azali bilan “Hanuz” qo’shig’ini, shuningdek Akademik vokal kafedrasi o’quvchisi Shaxnoza Yakubjanova Andrea Bachelli dasturidan “Konte Partiro” qo’shig’ini, Estrada xonandaligi kafedrasi o’quvchisi Kamron Mamadaliev “Besame mucho” qo’shig’ini, hamda Estrada xonandaligi kafedrasi o’qituvchilaridan Respublika tanlovlari g’oliblari Umid Boborahimov va Sherzod Jonibekovlar E.Salixov musiqasi bilan “Umid” qo’shig’ini, maromiga yetkazib kuylashdi. Shuningdek xalqaro tanlov g’oliblari “Navro’z sadolari” xalq cholg’ulari orkestri tomonidan ijro etilgan kuylar tomoshabinlarga ko’tarinki ruh bag’ishladi.

Namangan davlat universiteti rektori A.Umarov o’z nutqida oliy o’quv yurtlari va kollejlar hamkorligi rivojlanayotganli haqida so’zladi. Shuningdek kollej jamoasining rahbari Respublikada xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi N.Yusupovani hamda o’quvchilarini faxriy yorliq va tashakkurnoma, universitet professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan darslik va o’quv qo’llanmalar bilan taqdirladi.

Kollej rahbari N.Yusupova so’z olib, Namangan davlat universiteti va Namangan san’at kolleji o’rtasidagi hamkorlik tobora rivojlanib borayotganligidan mamnun ekanligini ta’kidladi.

Ushbu kontsert dasturini namoyish etishda har tomonlama ko’mak bergan NamDU ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

 

Musiqiy ta’lim kafedra mudiri Orifjon AZIZOV

 

Manbaa: NamDU, Musiqiy ta'lim kafedrasi

 

O'qilgan: 261 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.