wrapper

Yangiliklar

Shanba, 06 May 2017 00:00

“9 –may – Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Ifodali o`qish” tanlovi o'tkazildi

Joylashtirdi: 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g’risida” gi PQ-2865-sonli Qarori,  Namangan davlat universiteti rektorining 2017 yil 25 apreldagi 218 A/o sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida  “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi tomonidan talabalar o’rtasida “Ifodali o`qish” tanlovi o’tkazildi.

Tadbirda “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi  T.Abdullayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, o`qituvchilar B.Abdurahmonov,  B.Qo`chqarov, R.Lutfetdinova, M.Shermatova, N.Qirg’izov, A.Inomiddinov hamda  pedagogika fakultetining 86 nafar talabalari qatnashdilar.Tanlovda ishtirok etgan talabalar o’zlarining yoqtirgan she’r va hikoyalarini ifodali tarzda o’qib berdilar. Har bir ishtirokchining chiqishi,   o`qigan she`r yoki matnlari hay`at raisi T.Abdullayev va hay`at a`zolari tomonidan sinchiklab kuzatilib borildi va tanlov yakunida quyidagi o`rinlar belgilandi:
1-o`rin. Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 204-guruh talabasi Matkarimova Shaxnoza.
2-o`rin. Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish  yo`nalishi, 101-guruh talabasi Mo`minova Ozoda va pedagogika va psixologiya yo`nalishi, 309-guruh talabasi Qoraboyev Azizbek.
3-o`rin. Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy  ish yo`nalishi, 302-guruh talabasi Hayitova Mavluda va 204-guruh talabasi Anvarbekova Shoxsanam.
“Ifodali o`qish” tanlovi g’oliblari Universitet rektoratining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. “Ifodali o`qish” tanlovi talabalarda katta taassurot qoldirdi.

O'qilgan: 119 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.