wrapper

Yangiliklar

Shanba, 06 May 2017 00:00

“Boshlang`ich ta`lim metodikasi” kafedrasi professor-o`qituvchilari va talabalarining baxshi O`rozov Nishonboy Namozboy o`g’li bilan o`tkazilgan uchrashuvi

Joylashtirdi: 

2017-yil 4-may kuni  Jizzax viloyati Forish tumani Qoraabdol qishlog’idan baxshi O`rozov Nishonboy Namozboy o`g’li bilan uchrashuv o`tkazildi. Ushbu uchrashuv “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari
nomzodi M.Hamidova va “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Sulaymonovlar tomonidan tashkil etildi.Uchrashuvda Namangan davlat universiteti Pedagogika  fakulteti dekani, dotsent X.Mavlyanov,
“Boshlang'ich ta'lim metodikasi”  kafedrasi mudiri, fizika –matematika  fanlari nomzodi T.Abdullayev,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Sulaymonov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, professor-o`qituvchilar
B.Abdurahmonov, B.Qo`chqarov, R.Lutfetdinova, Sh.Ma`qulov, N.Qirg’izov, A.To`raboyev, G’.Hamdamov, A.Toshxonov, boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish  yo`nalishi, 201, 202, 203, 203-guruh hamda  maktabgacha ta`lim 
yo`nalishi 107-guruh talabalari ishtirok etdilar.Fakulteti dekani, dotsent X.Mavlyanov bugungi tadbirda ishtirok etayotgan mehmon - Jizzax viloyati Forish tumani Qoraabdol qishlog’idan tashrif buyurgan baxshi
O`rozov Nishonboy Namozboy o`g’li bilan barcchani tanishtirib o’tdi hamda tadbirni ochib berdi.Shundan so’ng dotsent M.Sulaymonov sso’zga chiqib, xalq og’zaki ijodining xalq dostonchiligi xususida batafsil ma`lumot berdi.
Taklif etilgan xalq baxshisi O`rozov Nishonboy Namozboy o`g’li “Oychinor” dostonidan parchlar, shuningdek, xalq termalaridan namunalarni  ijro etib berdi.
Tadbir so’ggida talabalar o`zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, xalq og’zaki ijodi, jumladan, xalq dostonlari xususida yanada kengroq ma`lumot oldilar. Baxshi tamonidan ijro etilgan “Oychinor” dostonidan parchlar, hamda xalq termalari talabalarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida  kafedrasi mudiri T.Abdullayev barcha tadbir  qatnashchilari nomidan baxshi Nishonboy O`rozovga o`z minnatdorchiligini bildirdi.
NanDU boshlayg’ich ta’lim
Metodikasi   kafedrasi mudiri:                             f-m.f.n. T.Abdullayev

O'qilgan: 248 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.