wrapper

Yangiliklar

Shanba, 23 Aprel 2016 00:00

Namangan davlat universitetida badiiy asarlar ko‘rgazmasi.

Joylashtirdi: 

22 aprel 2016 yil kuni Namangan davlat universitetida Respublikamizning barcha viloyatlarida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ga bag‘ishlangan “Vatan ranglari jilosi-yoshlar nigohida” deb nomlangan badiiy asarlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Bu yil tashkil etilgan ko‘rgazma oldingilaridan badiiy asarlarning tur va janrlarga boyligi, rang-barangligi, badiiy asarlar sonining ko‘pligi bilan katta farq qilibgina qolmay, balki qo‘shni viloyatlar Andijon va Farg‘ona davlat universitetlarining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli yoshlarining ishtiroki bilan ham alohida ajralib turdi.

Festival Namangan davlat universiteti rektori, professor Abdusalom Vaxitovich Umarovning kirish so‘zi bilan ochildi. Festivalga tashrif buyurgan ommaviy axborot vositalari vakillari, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining Namangan viloyat bo‘limi raisi, viloyat rassomlari, Amaliy san’at ustalari, ixtisoslik kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, nafaqadagi professor-o‘qituvchilar, universitet iqtidorli talaba-yoshlari, Farg‘ona va Andijon davlat universiteti talabalari festivaldan katta zavq oldilar.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan rangtasvir, grafika, amaliy san’at asarlari, master-klass darslaridan tashqari universitet iqtidorli talaba-qizlarining milliy liboslar ko‘rgazmasi ham barchani diqqat-e’tiborini tortdi.

Festival yakunida Namangan davlat universiteti rektori faol ishtirok etgan iqtidorli talabalardan bir guruxini faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. O‘zbekiston Badiiy Akdemiyasi Namangan viloyat bo‘limi tomonidan ham diplom va esdalik sovg‘alari berildi.

Festival yakunida Farg‘ona vodiysi Oliy ta’lim muassalari muntazam ravishda hamkorlik asosida badiiy asarlar ko‘rgazmasini tashkil qilib borish yuzasidan o‘zaro kelishib oldilar.

Bu kabi tadbirlar mamlakatimizda keyingi yillarda yangi-yangi yosh iqtidor sohiblarini kashf etsa ajab emas.

NamDU Dasturiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i

Baxtiyor YULDASHEV

O'qilgan: 1346 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 26 Aprel 2016 11:40

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.