wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 05:00

Biologiya kafedrasi

Kafedra mudiri : pedogogika fanlari nomzodi dotsent Abdieva Oyjamol Toshbaevna
Kafedra manzili: Namangan shaxri, Uychi ko‘chasi , 316. Tabiiy fanlar fakulteti , 1- qavat , 314- xona .
Kafedra telefon raqami :  0 (369) 227-04-92
Kafedra mudiri telefon raqami : +998913580961
e-mail :

Kafedraning qisqacha tarixi:

Biologiya kafedrasi Namangan davlat universitetidagi to‘ng‘ich kafedralardan biri. Kafedra 1975 yilda biologiya fanlari nomzodi, dotsent F.A.Axmadbaeva rahbarligidagi Boshlang‘ich ta'lim metodikasi kafedrasi tarkibidan mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi. 

Kafedrani ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan Oliy o‘quv yurtlaridan malakali kadrlar ishga taklif etildilar. Xususan, 1976 yili biologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Valixanov (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutidan), 1978 yili b.f.n., dots. M. Ibrohimov (Andijon Davlat Pedagogika institutidan), 1978   yili b.f.n., dots. A.Inomov (Samarqand davlat universitetidan) jamoaga kelib qo‘shildilar. A.Darievning tashabbusi bilan kafedraga O‘zbekiston Respublikasi FA Eksperimental biologiya institutidan bir nechta ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalaniladigan asbob uskunalar keltirildi. Natijada professor-o‘qituvchilar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarida sifat o‘zgarishlari va uning samaradorligi orta boshladi. Kafedra bitiruvchisi Tolibjon Madumarov (ayni paytda biologiya fanlari doktori, professor) nomzodlik dissertatsiyasini tayyorlab, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Ayni paytda Tolibjon Madumarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritmoqda. 

Kafedraning vazifalari.

Kafedra Tabiiy fanlar fakultetining tarkibiy bo‘linmasi xisoblanadi. Kafedra 5140100 – Biologiya (o‘zbek), 5140100- Biologiya (rus) yo‘nalishlarida bakalavrlar tayyorlaydi. 5140100-magistratura mutaxassisliklarida mashg‘ulotlar olib boriladi. Yo‘nalishlarda mutaxasssislik fanlaridan  va mutaxassisliklar bo‘yicha Ichki muhit fiziologiyasi. Bioxilmaxillik va uni muxofazasi, Fotosintez va nafas olish fiziologiyasi. Yuksak o‘simliklar sistematikasi, O‘simliklarni o‘sishi, rivojlanishi va suv rejimi, Genetikaning dolzarb muammolari va istiqbollari fanlari doirasida uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

Kafedraning ilmiy salohiyati. 

Ayni paytda kafedrada 14 nafar professor o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Biologiya kafedrasi professor o‘qituvchilari tarkibi 1 nafar professor, 5 nafar fan nomzodi dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi,  9 ta o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Jumladan  fan  nomzodi Dehqonov Davron Burxonovich 2010-2011 yillarga mo‘lajallangan yosh olimlarning fundamental tadqiqotlar dasturi doirasidagi  12,8 mln. so‘mlik moliyaviy  hajmga ega YoF-3-07 “Suv-organik sistemalarda fermentlarni barqarorlashtirish qonuniyatlari” ilmiy loyihani muvaffaqiyatli yakunladi. Shuningdek, bajarilishi 2012-2013 yillarga mo‘ljallangan YoF-5-01 raqamli “Tabiiy polimerlar asosida immobillangan biopolimerlar olish va sanoat maqsadlarida qo‘llash” nomli umumiy moliyaviy xajmi 24,8 mln so‘mlik ilmiy loyihani muvaffaqiyatli bajardi. D. Dexqonov 2013 yilning 10-16 noyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shaxrida “Fan, texnologiya va innovatsiyalar menejmenti” bo‘yicha hamda 2014 yilning 10-martdan 5-aprelgacha Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi Bosh ilmiy-metodik markazda “Ta'lim tizimi menejmenti” bo‘yicha malaka oshirgan. Kafedra professori Sh.Tojiboev kafedrada amalga oshiriladigan ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda yosh professor-o‘qituvchilar va iqtdorli talabalarga uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Masalan, Sh.Tojiboev tomonidan 2014 yil davomida 1 ta monografiya, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop ettirilgan bo‘lsa, 1 ta o‘quv qo‘llanma nashrga tayyorlandi. 

 Kafedra faoliyati. 

Biologiya kafedrasi 2014 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, "O‘zpaxtasanoat" uyushmasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘simlik va hayvonot olami genofondi ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Andijon davlat universiteti va bir qator oliy ta'lim muassasalari hamda viloyatda faoliyat olib borayotgan ishlab chqarish korxonalari bilan innovatsion-korporativ hamkorlik shartnomalarini o‘rnatdi va belgilangan chora-tadbirlar asosida faoliyat olib borilmoqda. Undan tashqari iqtidorli talabalar bilan ishlash kafedrada keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2014 yilda biologiya yo‘nalishi talabasi Dilmurod Maxmudjonov Ulug‘bek davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi va kafedra magistratura yo‘nalishiga imtixonsiz qabul qilindi. Ayni paytda bo‘yicha universitet raxbariyati bilan kafedra negizida “Biotexnologiya” ilmiy laboratoriyasi va “Biologiya” o‘quv laboratoriyasini takomillashtirish ishlarini amalga oshirmoqda. 

 

O'qilgan: 2579 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 25 Dekabr 2015 17:07

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.