wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 08 Fevral 2017 00:00

Talalabalar turar joyida Alisher Navoiy ma’naviy merosi - kelajagimiz poydevori” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

NamDu Biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2017 yil 7 fevral kuni Talabalar turar joyida “Alisher Navoiy ma’naviy merosi - kelajagimiz poydevori”  mavzusida tadbir o‘tkazdilar.

Tadbirda kafedra katta o‘qituvchisi Sh. Rahimova o‘zbek tilining asoschisi, g‘azal mulkining sultoni bo‘lmish bobomiz Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida talabalarga qisqacha ma’lumot berdi. Navoiy nafaqat shoir balki, oqil vazir, donishmand, o‘zbek tilining ilq asoschisi, panteist, komil insonga xos bo‘lgan fazilatlar egasi bo‘lganligi haqida fikr almashindi. Shuningdek, O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgandan so‘ng ko‘plab buyuk allomalar qatori Navoiyning ruhini shod etish maqsadida qilingan ko‘plab xayrli ishlar, o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va bu borada chiqarilayotgan qaror va farmonlarning ahamiyatini e’tirof etdi.
Kafedra katta o‘qituvchisi Sh. Yusupova shoirning hayotiga oid ayrim qiziqarli voqealarni e’tirof etdi.
So‘ngra o‘qituvchi Z. To‘rayeva bobokolonimiz A. Navoiy nomi berilgan teatr, muzey, kutubxona, viloyat, istirohat bog‘i, maktab va ko‘chalar qolaversa, Navoiy stipendiyasining ta’sis etilganligi va bizning talabalarimiz ichida ham ushbu stipendiya sovrindorlarining mavjud ekanligi  va boshqa yutuqlar haqidagi ma’lumotlar talabalarga manzur bo‘ldi.   
Suhbatda talaba Yu. Axmedov, I. Sotvoldiyeva kabi talaba yigit va qizlar o‘zlari yod olgan Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboiylarni ifodali aytib berib butun guruhni xushnud etishdi. Davra suhbati barcha talabalarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Kafedra mudiri O.Abdiyeva

O'qilgan: 69 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.