wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 07 Sentyabr 2017 00:00

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviyat soati

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” mavzusida ma’naviyat soati o‘tkazildi. Darsni b.f.n. dots E. Ikromov o‘z nutqi bilan boshlab berdi.

E. Ikromov jumladan shunday dedi: Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev qarori bilan 2 sentyabr kungi darslar  birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlab “Xotira darsi” va Mustaqilligimizni 26-yillik bayrami, “Mustaqillik darslari” bilan boshlanishini ta’kidladi. 

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida  olib borilgan ishlar, aqlli va uzoqni ko‘zlab bajarilgan ishlar haqida to‘laligicha ma’lumotlar berib o‘tildi. 

Mustaqillikdan oldingi O‘zbekistondagi  ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni hozirgi zamon ahvoli bilan solishtirib o‘tildi. Biz mustaqillikdan avval inson qadr- qimmati,  paymol qilinganligi,mamlakat aholisiga nisbatan shavqatsizlarcha munosabatda bo‘linganligi, ularning moddiy tomondan yaxshi ta’minlanmaganligi  (oziq-ovqat, uy-joy,mehnat ta’minoti) ni bugungi kunda insonlarga ko‘rsatilayotgan  g‘amxo‘rlik, berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan taqqosladik. Bizni shunday go‘zal va betakror, ozod va obod, erkin va farovon, tinch va osuda  hayot kechirishimiz uchun o‘z jonlarini ayamagan, osoyishta hayotimiz posboni bo‘lmish Islom Abdug‘aniyevich Karimovni yod etib o‘tildi.

Shundan so‘ng M. Mirzaolimov so‘zga chiqib Islom Abdug‘aniyevich Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda “O‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirdi deb aytib o‘tdilar. 

Xalqimiz o‘zining qisqa muddat - 26 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda aynan Prezident Islom Karimov nomi bilan bog‘laydi va shu ulug‘ insonning beqiyos xizmatlari deb biladi. 

Dars  yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Gurux raxbarlari E. Ikromov, M. Mirzaolimov

O'qilgan: 199 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.