wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 27 Sentyabr 2017 00:00

Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakul’teti Biologiya yo’nalishida “FAXRIYLAR KUNI” munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

Joylashtirdi: 


Xalqimizda yoshi ulug’ insonlarni qadrlash insoniyliknng eng yuksak darajasi sifatida e`tirof e`tiladi. Ular xolidan xabar olish, yaxshi kunlarda xolidan xabar olinadi. Va bunday oliyjanob ishlarni amalga oshirish odat tusiga kirgan desak mubolag’a bo’lmaydi. SHu munosabat bilan Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakul’teti Biologiya yo’nalishida “FAXRIYLAR KUNI” munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirni Tabiiy fanlar fakul’teti dekani g.f.n. dots A. Nazarov o’z nutqi bilan boshlab berdi.



    Ular o’z nutqlarida davlatimizda faxriylarimizga ko’rsatilayotgan e`tibor xaqida so’zlab, muhtaram Prezidentimiz SH. Mirziyoev qarori bilan 26 sentabr kunini “FAXRIYLAR KUNI” munosib tarzda o’tkazilishini ta`minlash to’g’risida qaror qabul qilinganligini aloxida e`tirof etib o’tdilar. SHuning o’zi xam faxriylarimizga ko’rsatilayotgan yuksak e`tibor na`munasi xisoblanadi.
Biologiya kafedrasi yutuqlari, shu kafedrada faoliyat olib borayotgan professor o’qituvchilar va taxsil olayotgan talabalarga va ushbu kun sababchilari bo’lmish faxriylarimizni bugungi bayram bilan tabrikladi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy soxalarda olib borilgan ishlar, aqlli va uzoqni ko’zlab bajarilgan ishlar haqida to’xtalib o’tildi.



SHundan so’ng E. Ikromov so’zga chiqib kafedra kelajagi va qilinishi kerak bo’lgan ishlar va ularning rejalari xaqida atroflicha ma`lumot keltirib, barchani bayram bilan tabrikladi.



So’z b.f.n. A. SHeralievga berildi. Ular xam Biologiya kafedrasidagi faoliyatlari, hayotlarida va ish yuzasidan boshlaridan kechirgan qiziqarli voqealar bilan o’rtoqlashdilar.



Tadbir davomida Biologiya kafedrasi o’qituvchilari so’zga chiqib, yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladilar.



Tadbir yakunida faxriy muxmonlarga estalik sovg’alari topshirildi.


O'qilgan: 73 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.