wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 27 Yanvar 2016 00:00

NamDU biologiya kafedrasi qoshidagi “ECOBIRDS” - talabalar klubining rasmiy ochilishi.

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston ornitolog olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimiz xududida 464 turga mansub qushlar uchraydi. Qushlar –tabiatda sodir bo‘layotgan har qanday o‘zgarishlarni yaxshi indikatorlari hisoblanadilar.

 

Farg‘ona vodiysi qushlar uchun o‘ziga xos yashash makoni bo‘lib, bugungi kungacha xududdagi mavjud qushlarning biologiyasi, ekologiyasi, ilmiy va amaliy jihatlari to‘la - to‘kis o‘rganilgan emas. Afsuski, atrof-muhitda sodir bo‘lgan kichik o‘zgarish ham qushlar hayotiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Bizning kuzatishlarimizga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishi, urbanizatsiya, atrof-muhitni ifloslanishi va boshqa kichik-kichik mahalliy ekologik tangliklar sodir bo‘layotgan sharoitda qushlar hayotida qo‘yidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Xususan, ayrim turlarni soni yildan-yilga kamayishi yoki ko‘payib ketishi, yashash joylarini o‘zgartirishi, qushlar o‘rtasida infeksion va invazion kasalliklarni ortishi, yashash joylarini o‘zgartirishi, intervent turlarni (mayna, qumri va boshq.) tez ko‘payishi va boshqa salbiy jarayonlar kuzatilmoqda. Shuningdek, vodiy xududida uchraydigan Halqaro “Qizil kitob”ga va O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan qushlarni o‘rganish esa yetarli darajada olib borilmayapti. Bu qushlar haqida matbuotdagi habarlar esa juda kam uchraydi. Aholini qushlarga nisbatan ekologik taziyiqi (brakonerlik, qush uyalarini buzish, bezovta qilish va boshq.) yildan yilga ortib bormoqda. Qushlarni hayotimizdagi ahamiyati to‘g‘risida barchaning ham xabardorlik darajasi yetarli darajada emas.

Shu nuqtai nazardan talabalarda atrof - muhitda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar sharoitida qushlarni hayotini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, aholini keng qatlami orasida ma'rifiy ishlarni jonlantirish maqsadida Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida talabalarining ornitologik klubi tashkil etildi.

Kuni-kecha 2016 yil 16-yanvar kuni Biologiya kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Ecobirds” talabalar ornitologik klubini rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori M.Qodirxanov ochib, “Ecobirds” talabalar ornitologik klubini rasmiy ochilganligi va klub oldida turgan vazifalar haqida fikr bildirib, O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati bilan shartnomani tasdiqlanganligini e'lon qildi. Klubni qisqa muddatda olib borgan ishlarini e'tirof etib, kelgusidagi ish rejalarini tayyorlashda e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Asosiy e'tibor qushlarni hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash, olingan ilmiy va amaliy ahamiyatga molik ishlar BMI va MD lariga asos bo‘lishi kerakligi ta'kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston Milliy Universiteti “Fazanius” talabalar ornitologik klubi rahbari A.Ataxodjaev o‘z so‘zida klubni ochilganligi bilan qizg‘in tabriklab, qushlarni kuzatishda e'tiborga olinishi zarur bo‘lgan ilmiy va metodik talablarga amal qilish zarurligi to‘g‘risida eslatib o‘tdi. Klub faoliyatida talabalarni klub faoliyatini yuritishda mustaqilligi, tashkilotchiligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Klub rahbari E.Ikromov-talabalar ornitologik klubini sinov davridagi ish faoliyati tahlil etildi. Ijobiy natijalar bilan birgalikda kamchilliklar borligi va klubni rivojlantirish rejalari haqida gapirib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘ngida “Ecobirds” talabalar ornitologik klubi yetakchisi biologiya yo‘nalishi 2 - bosqich talabasi D. Nuriddinova klubning 2015 yilda olib borgan ishlari to‘g‘risida hisoboti va klub a'zosi biologiya yo‘nalishi 2 bosqich talabasi J.Dedaboevning klub a'zolarining 2016 yil 10 yanvar kunidagi Halqaro suv - botqoq qushlarini sanoq kunida Rezaksoy omboriga o‘tkazilgan ekspeditsiyasi natijalari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Berilgan hisobot yuzasidan fakultet dekani A.Nazarov, kafedra mudiri O.Abdieva, O‘zbekiston Milliy Universiteti “Fazanius” talabalar ornitologik klubi rahbari, O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati yoshlar bilan ishlash bo‘yicha koordinatori A.Ataxodjaev, O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati mutaxassislari N.Shermatova, V.Filatova, va O‘zbekiston Milliy Universiteti “Fazanius” klubi yoshlar yetakchisi 4-bosqich biologiya yo‘nalishi talabasi A. Abdullaevlar klub faoliyati yuzasidan o‘z mulohazalari va takliflarini bildirib, kelgusidagi klub faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladilar.

O'qilgan: 506 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 27 Yanvar 2016 11:10

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.