wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 28 Aprel 2016 00:00

Namangan davlat universitetida "Ochiq eshiklar kuni".

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasidan Namangan 2-Tibbiyot kollejiga biriktirilgan filial mudiri Ortiqov Elyor Abdumajidovichning o’tkazgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri hisoboti.

Bugun 27.04.2016 kuni Namangan davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasiga biriktirilgan Namangan shahrida joylashgan 2-Tibbitot kolleji o’quvchilari uchun Namangan davlat universitetida ochiq eshiklar kuni o’tkazildi.

Ushbu “Ochiq eshiklar kuni”ning rejasi ishlab chiqilib anashu reja asosida tashkilllashtirildi.

“Ochiq eshiklar kuni” o’quvchilar xotirasda bir umrga muxrlanib qolsa ajab emas. Namangan 2- Tibbiyot kolleji bitiruvchilaridan 25 nafarini o’z ichiga olgan bir guruh o’quvchilarga Biologiya kafedrasining professor o’qituvchilari p.f.n., dots O.Abdiyeva, b.f.n., prof Sh. Tojiboyev, b.f.n., dots V. Azizov, b.f.n., dots I.Tog’ayev, b.f.n., dots E. Ikramov, b.f.n. D. Dehqanov, kata o’qituvchilar Sh. Raximova, Sh. Yusupova, o’qituvchilar D. Komilov, M. Egamberdiyev, N. Melanova, G. Raximova, M. Bakiyeva, B. Mamarasulov, M. Mirzaolimovlar tomonidan Namangan davlat universiteti, uning tarixi, hozirgi kuni va kelajagi xaqida shu bilan birga hozirgi kunda universitetimizning Respublikamizdagi boshqa oliy o’quv yurtlari bilan yo’lga qo’yilgan hamkorligi, universitetimizdagi mavjud faultetlar, ulardagi kafedralar haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so’ng o’quvchilarga Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va Kimyo kafedralaridagi o’quv jarayoni va ushbu kafedralarda o’zlarining pedagogik faoliyatini olib borayotgan professor o’qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda professor o’qituvchilar tomonidan o’quvchilarga oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayoni, qo’lga kiritilgan yutuqlar va ona yurtimiz O’zbekistonda prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning o’qish, bilim olish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, shu bilan birga o’tgan ABITURENT-2015 qabul jarayonlari, davlat test sinovlarida eng aqlli va zukko abituriyentlar talaba bo’lish baxtiga musharraf bo’lishi mumkin ekanlihi ham qayd etib o’tildi.

Shundan so’ng o’quvchilar Biologiya kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Biotexnologiya markazi” laboratoriyasiga tashrif buyurishdi, tashrif chog’ida Biologiya kafedrasi o’qituvchisi B.Mamarasulov o’quvchilarga “Biotexnologiya markazi” laboratoriyasida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar xaqida to’xtalib o’tidi, o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shundan so’ng o’quvchilar kimyo fani o’quv laboratoriya xonalari bilan tanishib chiqdilar, so’ngra o’quvchilar xorijiy filologiya fakultetiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog’ida o’quvchilarga xorijiy filologiya fakultetida talabalarning til o’rganishlari va o’ bilim va ko’nikmalarini doimo oshirib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdilar.

Ochiq eshiklar kuni davomida o’quvchilarga fizika-matematika,sport va ijtimoiy madaniyat va boshqa o’zlarini qiziqtirgan yo’nalishlar bo’yicha tashriflar uyushtirildi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, biro lam taassurotlar bilan qaytishdi.

Hisobot yozuvchi E.Ortiqov

O'qilgan: 366 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.